![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Usta-shogird maktablariO‘zA, Sh.Xudoyberganov, 20.02.2010 09:44 Xorazm viloyatida usta-shogird an’anasi asosida yoshlarni milliy hunarmandchilikka jalb etish, mahorat sirlarini egallagan yigit-qizlarga o‘z ustaxonalarini ochish va xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun har tomonlama ko‘maklashish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda vohada tashkil etilgan yigirmadan ortiq usta-shogird maktablarida o‘nlab yoshlar hunar o‘rganmoqda. Bu yo‘nalishda Xiva, Hazorasp, Yangiariq, Xonqa, Bog‘ot va Urganch tumanlarida qilinayotgan ishlar e’tiborga molik. “Hunarmand” uyushmasining viloyat bo‘limi rahbari Bahodir Davlatovning aytishicha, ajdodlardan qolgan bebaho madaniy-ma’naviy merosni asrab-avaylab, milliy hunarmandchiligimiz an’analarini davom ettirib kelayotgan usta-hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z kasbi sirlarini yoshlarga o‘rgatishi uchun zarur shart-sharoit yaratishda fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda. Xivalik Hayitboy Bog‘ibekov mohir naqqosh ustalardan. Uning qo‘llarida sayqal topgan betakror naqqoshlik buyumlari poytaxtimizda va Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda san’at ixlosmandlarining e’tirofiga sazovor bo‘lib kelayotir. – Hayitboy aka mahallamizdagi o‘ttizga yaqin yoshlarga ustozlik qiladi, – deydi Xiva tumanidagi “Sangar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Tohirjon Jabborov. – Shogirdlari yasagan naqshinkor eshik, deraza, orom kursi, guldon singari buyumlar xaridorgir. Farzandlarimizning darsdan bo‘sh paytlarda mana shunday foydali mashg‘ulotlar bilan bandligi, ustalarimizning o‘z vaqtini va kuchini ayamay ularga qunt bilan hunar o‘rgatayotgani kishini quvontiradi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hunarmandlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar xalq amaliy san’ati rivojida muhim omil bo‘lmoqda. Yoshlar o‘rtasida yil sayin xalq hunarmandchiligiga intilish va qiziqishning ortib borishi bandlik muammolarini hal etishda ham muhim o‘rin tutayotir. Xonqalik kulol Odilbek Matjonov ustaxonasini kengaytirib, usta-shogird maktabini tashkil etdi. Urganch tumanilik Zulfiya Masharipova, yangiariqlik Dilnavoz Qo‘chqorova, xonqalik Intizor Quryozova, shovotlik Oyimjon Yo‘ldosheva, bog‘otlik Zulfiya Piraddinova, hazorasplik Obodon Niyozdurdiyeva, xivalik Shirinjon Obidova singari hunarmand ayollar o‘zlarining usta-shogird maktablarida qishloq xotin-qizlariga zardo‘zlik, gilamdo‘zlik, tikuvchilik, to‘quvchilik sir-asrorlarini o‘rgatmoqda. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |