O‘zA O`zbek

04.09.2018 10:54 Chop etish versiyasi

100 xotin-qiz ish bilan taʼminlandi

100 xotin-qiz ish bilan taʼminlandi

Andijon viloyati Paxtaobod tumanining Boʻstonobod mahallasida “Boʻston kelajagi” deb nomlangan tikuvchilik fabrikasi ish boshladi.

photo5219858211245500791.jpg

Hududlarda sanoatni rivojlantirish, yangi korxonalar barpo etish va mavjudlarini qoʻllab-quvvatlash, barqaror ishlashi uchun zarur imkoniyatlar yaratib berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining ortishiga xizmat qilayotir.

photo5219858211245500792.jpg

Umumiy loyiha qiymati qariyb 4,5 milliard soʻm boʻlgan mazkur korxonaga Xitoy, Turkiya singari qator xorijiy davlatlardan zamonaviy dastgohlar, tikuv mashinalari keltirilib oʻrnatildi. Asosan ayollar va bolalar liboslarini tikishga ixtisoslashgan korxona qishloq ayollari uchun chinakam bayram tuhfasi boʻldi. Chunki fabrikaning ishga tushishi bilan 100 nafar boʻstonobodlik xotin-qizlar doimiy ish oʻrniga ega boʻldi. Korxona mahsulotlari yuz foiz eksport qilinishi belgilangan.

Fabrikada ishchi-xizmatchilarning samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.

F.Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), OʻzA
2 277