Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.07.2018 14:45 Chop etish versiyasi

1-sentyabrdan Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar ma’lum bo‘ldi

1-sentyabrdan Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar ma’lum bo‘ldi
2018 yil 1 sentyabrdan Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turi ko‘payadi.

Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limidan ma’lum qilishicha, joriy yil 1 sentyabrdan tug‘ilganlikni qayd etish, adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish, FHDYO va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini, sudlanganlik, jismoniy shaxs – soliq to‘lovchining soliqlardan va boshqa ko‘rinishdagi qarzi bor-yo‘qligi haqida ma’lumotnomalar, jismoniy shaxslarga STIR berish, manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish kabi xizmatlar Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

O‘zA
2 661