Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.04.2018 14:30 Chop etish versiyasi

“Искандар Mahmudov: So‘nggi aytgan fikrim eng foydalisi...” maqolasini o‘qib...

 “Искандар Mahmudov: So‘nggi aytgan fikrim eng foydalisi...” maqolasini o‘qib...
Iqtidor qadr topsin

Shaxsning insoniyat taraqqiyotidagi roli siyosatchilar, faylasuflar, adiblar, shu jumladan, jurnalistlarning ham eng qizg‘in bahsi mavzusi bo‘lib kelgan. Taniqli jurnalist Irismat Abduxoliqovning “Iskandar Mahmudov: So‘nggi aytgan fikrim eng foydalisi...” maqolasini maroq va havas bilan o‘qib, mazkur masala xususida quyilib kelayotgan fikrlar, og‘riqli savollar girdobida qoldim.

Eng avvalo, so‘nggi paytlarda Milliy axborot agentligimizning rasmiy xabarlar bilan chegaralanib qolmasdan, shu paytgacha tilga olinmagan, ammo jamoatchilik e’tiboriga sazovor mavzularni dadil ko‘tarib chiqayotganligini e’tirof etish zarur. 

Rossiyadagi eng yirik 20 milliarder qatoridan o‘rin olgan bu omadli  tadbirkor – Iskandar Mahmudovning tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan yutuq, natija va muvaffaqiyatlarining kaliti qayerda ekan? Aftidan, tijorat siri nuqtai nazaridan materialda  ватандошимизнинг o‘z biznesini yuksaltirish tafsilotlariga to‘xtalib o‘tilmagan.

Janubiy Koreyaning qonli va  vayronkor fuqarolar urushidan keyin aholi jon boshiga atigi 80 dollar daromad to‘g‘ri keladigan qashshoq mamlakatdan dunyoda  yangi industrial davlatlarning yetakchilaridan biri darajasiga ko‘tarilishi tarixi ana shu pardani hiyol ko‘taradiganga o‘xshaydi.

 ХХ asrning 60-yillari boshlarida Janubiy Koreya tepasiga kelgan general Pak Chjon Xi tahlillar asosida o‘ziga eng istiqbolli ko‘ringan o‘ntadan ko‘proq  firma rahbarini huzuriga taklif qilib, har birining oldiga muayyan soha – kemasozlik, avtomobilsozlik, elektronika, po‘lat quyish sanoati va boshqalarga ixtisoslashish vazifasini ko‘ndalang qo‘yadi. Buning uchun ularga davlat tomonidan hamma qulaylik yaratildi: davlatga kiritilayotgan investitsiyalarning salmoqli qismi, beqiyos soliq, kredit imtiyozlari berildi, zarur xom ashyolar, eng yangi texnologiyalar bilan ta’minlandi. Natijada mashinalarni ta’mirlaydigan oddiygina ustaxona, sholi oqlaydigan mo‘jaz korxona kabi shaxsiy biznes tuzilmalari negizida hozir jahonda mashhur “Samsung”, “Hyundai”, “Daewoo”, “Goldstar (LG)” va boshqa transmilliy kompaniyalar barpo etilgan.

         Biz uchun  e’tiborlisi, Janubiy Koreyani dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlari safiga olib chiqishga katta hissa qo‘shgan ushbu sanoat gigantlari oilaviy kapitalga – koreyscha “chebol”ga asoslanganidir. Iskandar Mahmudov ham, Irismat Abduholiqov ko‘rsatib o‘tganidek,  yirik biznesini yaqin qarindoshlari bilan birgalikda boshlagani bejiz bo‘lmasa kerak.

         Шу o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi: u o‘z yurtida shunday yutuqqa erisha olarmidi?  Bu haqda mulohaza yuritilganda, beixtiyor ancha muqaddam rasmiy delegatsiya tarkibida, jurnalist sifatida Isroilga borganimizda o‘zim guvoh bo‘lgan  bir muloqot hech yodimdan ko‘tarilmaydi.

         Mezbonlar bizni paxta yetishtirish bilan shug‘ullanadigan, sobiq hamyurtimiz  bo‘lgan bir tadbirkor dalasiga boshlab borishdi. Uning paxtazoridagi hosilga mahliyo bo‘lmaslikning iloji yo‘q edi. Delegatsiyamiz rahbari har gektar  maydondan olinadigan hosil miqdori bilan qiziqdi.

         – Гектаридан 50-55 sentnerdan. Undan ham ko‘proq paxta yig‘ishtirib olish mumkin, ammo menga asosan yetishtiriladigan urug‘ muhimligi uchun so‘nggi ko‘saklar to‘la ochilib bo‘lishini kutib o‘tirmayman. Yerga ham dam berish kerak.

         – Нега shu tajribangizni O‘zbekistonda amalga oshirishga harakat qilib ko‘rmadingiz?

         Tadbirkor paxtakor miyig‘ida istehzoli jilmaydi:

         – Уриниб ko‘rdim. Tajribamning birinchi yilidagi hosilni ko‘rgan laboratoriyamiz mudiri bu tajribani amalga oshirish uchun hamma shart-sharoitlar yaratib berayotganligi uchun o‘zini yangi navning hammuallifi qilish talabini qo‘ydi. Ikkinchi yili bu safga ilmiy-tekshirish  institutining direktori, keyin vazirlikdagi  boshqa rahbarlar qo‘shildi. Men o‘zimni ro‘yxatning oxirida ko‘rdim. Yangi navni mukofotga taqdim etishda esa, meni hatto unutib ham qoldirishibdi. To‘g‘ri, bu o‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozirlarda urug‘lik bor edi, biroq hech kim bu navni yetishtirishning agrotexnikasi bilan qiziqib ham ko‘rmadi. Oqibatda ikki-uch yildan so‘ng yangi nav jaydarilashib ketganligidan xabar topdim. Lekin men bu paytda Isroilda o‘z navchilik tajribamni takomillashtirishga kirishib bo‘lgandim...

         Inglizlarda “Sen shunchalik aqlli bo‘lsang, nega shu qadar qashshoqsan?” degan naql bor. Bu tashqaridan qaralganda qanchalik og‘ir botsa ham, ayni haqiqat ekanligiga shubha yo‘q. Biroq iste’dod yaproq yozib, meva tugishi uchun quyosh haroratini, suv ob-hayotini, inson peshona terini ayamasligi shart. Shu bilan birga iqtidorli kishilarga  butun salohiyati – inson kapitalini ham o‘zi, ham oilasi, ham Vatani uchun ayamay sarflashiga barcha eshiklarni lang ochib qo‘yish kerak.

 Давлатда haqiqiy iqtidorning qadriga yetishga yorqin bir misol. Dunyoda eng boy – sarmoyasi 86  milliard dollarni tashkil etadigan, 2017 yilning o‘zida mablag‘i 11 milliard dollarga ko‘paygan Bill Geytsni yaxshi bilasiz. Sho‘x, haydovchilik guvohnomasiga ega  bo‘lmasdan avtomobilni boshqargani uchun bir necha marta hibsga ham olingan, Garvard universitetiga qabul qilinib, 2 yildan so‘ng bu yerdan haydalgan Bill 1975 yilda  jurnalda “Altair 8800” shaxsiy komputeri to‘g‘risidagi maqolaga ko‘zi tushib, hayotini  shunga baxshida etdi

AQSh – imkoniyatlar maskani. Shuning uchun Bill Geyts 17 yoshligidayoq tengdoshlari Pol Allen va Pol Gilbert bilan “Traf-O-Data”, 20  yoshida esa  hozir dunyoda nihoyatda mashhur “Microsoft” kompaniyalariga asos solgan. Bu o‘spirinlarning dasturlash iste’dodidan voqif bo‘lgan Amerikaning yirik sarmoyadorlari o‘sha vaqtdayoq ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashgan, o‘z transmilliy kompaniyalariga eng nufuzli lavozimlarga ishga taklif qilishgan. Ammo “Windows”ning   асосчиси Billi Geyts mustaqil biznes yuritishni maqbul topdi, u tufayli butun dunyo komputerlashdi. Favqulodda iqtidor sohibi olamshumul muvaffaqiyatlarining kaliti – uning    “Жаҳон sening  o‘zingni qanday his etayotganligining va hurmat qilishingga e’tibor bermaydi. Sendan faqat yutuqlar, muayyan mardonavor harakatlar kutiladi. Faqat shundan keyingina Sizni shaxs sifatida tan olishadi” degan shioridir.

Shaxsning, dunyoni o‘zgartirishga qodirlarning tarixiy xizmatlariga  yana ko‘p misollar keltirish mumkin. Mulohazalarimizning mag‘zi – har bir iqtidor sohibining qadriga yetaylik.  Jonajon O‘zbekistonimizda ham inson o‘zligini namoyon qilishi uchun keng imkoniyatlar ochilayotir.Yoshlarimiz iqbolini xorijda emas, balki o‘zimiz  “jannatmakon” deb atash xush yoqadigan ona yurtimizda ko‘rishsin.

Erkin Ernazarov,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist.

O‘zA
1 677