Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 28-iyuldagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi qarori muhim dasturilamal bo‘layotir.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy soha asoslarini mustahkamlash, yosh avlodda islohotlarimizga daxldorlik hissini rivojlantirish, turli illatlarga qarshi immunitetini mustahkamlashga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari ijobiy samara berayotgani ta’kidlandi.

Mazkur qarorga muvofiq Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida olimlar, ijodkor ziyolilar va yetuk mutaxassislardan iborat «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati tashkil etildi. Unga 500 ga yaqin olim, mutaxassis, san’atkor, ijodkor ziyoli a’zo bo‘ldi. Joylarda aholining keng qatlamlari bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Endi markaz huzurida Olimlar klubi ish boshladi.

– Olimlar klubi «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyatiga a’zo professor-o‘qituvchilar, olimlar va ilmiy tadqiqotchilardan iborat ixtisoslashgan guruh hisoblanadi, – deydi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori Ibodulla Ergashev. – Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy, g‘oyaviy-mavkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, terrorizm va diniy ekstremizm, odam savdosi, «ommaviy madaniyat», giyohvand moddalar savdosi kabi tahdidlarga qarshi kurashishning samarali usullari o‘rganiladi. Amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Olimlar klubi tashkil etildi.