Qora slanesli rudalarni kompleks qayta ishlash usuli yaratildi
"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi mutaxassislari tomonidan qora slanesli rudalardan uran, vanadiy, reniy kabi qimmatbaho metallarni, nodir qazilma elementlarni va skandiyni ajratib chiqarib olish sohasida rudalarni kompleks qayta ishlash usuli yaratildi.
"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi mutaxassislari tomonidan qora slanesli rudalardan uran, vanadiy, reniy kabi qimmatbaho metallarni, nodir qazilma elementlarni va skandiyni ajratib chiqarib olish sohasida rudalarni kompleks qayta ishlash usuli yaratildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agayentligi rasmiy sayti .Kompleks qayta ishlash usulining mohiyati dastlabki rudani maydalash, maydalangan rudadan uran, reniy, vanadiy va nodir qazilma elementlarni sulfat kislotada agitasion yuvib ajratib olish va sulfat kislotali pulpani hosil qilish, pulpani neytralizasiya qilish, tindirilgan produktiv eritmadan uran va reniyni sorbsiyalab, qo‘r eritmani va reniy va uran bilan to‘yingan anionitni olish, ularni desorbsiyalab, uranli va reniyli mahsulot olish, uran va reniyni sorbsiyalab olingan qo‘r eritmani oksidlash va undan anionit yoki amfolitda vanadiyni sorbsiyalab, qo‘r eritmani va vanadiy bilan to‘yingan anionit yoki amfolitni olish, vanidiyni anionit yoki amfolitdan desorbsiyalab, vanadiyli mahsulotni olish, vanadiyni sorbsiyalab olingan qo‘r eritmadan nodir qazilma elementlarni kation almashinuv yo‘li bilan sorbsiyalab, qo‘r eritma va nodir qazilma elementlar bilan to‘yingan kateonitni olish, ularni kationitdan desorbsiyalab, nodir qazilma mahsulotni olishdan iborat.
Mualliflar Quvandiq Sanaqulov, Oleg Petuxov, Anvarjon Saparov, Yuriy Zolotaryov, Azimjon Karimov va Baxtiyor Ro‘ziyevlarga ushbu ixtirolari uchun IAP 05479 raqamli patent berildi, deyiladi xabarda.