Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.02.2018 17:04 Chop etish versiyasi

Oksford bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Dunyoning nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirayotgani haqida maqola e’lon qildi.

Ma’lumki, 2017-yilning dekabr oyida Toshkentga Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi bilan istiqboldagi ilmiy hamkorlik aloqalari muhokama qilingan, tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Nashrda yozilishicha, Farhan Nizomiy O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan qabul qilingan. Oksford islom tadqiqotlari markazining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonga tashrif davomida erishilgan kelishuvlar natijasida ikki mamlakat tadqiqotchilari tomonidan dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi, mutaxassislar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi, xalqaro seminar va konferensiyalar o‘tkaziladi, ilmiy adabiyotlar nashr etiladi.

O‘zA
6 411