Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 12:17 Chop etish versiyasi

O‘zbek yoshlari aeronavtika fani va texnika asoslarini egallashi uchun shart-sharoit yaratiladi

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatda o‘sib kelayotgan yosh avlodni astronomiyani o‘rganish bo‘yicha xalqimizning tarixiy an’analariga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarning astronomiya va aeronavtika faoliyati sohasidagi milliy va umumjahon ilm-fanining yangi yutuqlarini o‘rganish va o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishini rivojlantirish, yoshlarning aeronavtika fani va texnika asoslarini egallashi uchun shart-sharoit yaratish lozimligi ta’kidlanadi.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti qoshida 200 o‘quvchi o‘rni va 150 o‘rinli turar joyiga ega bo‘lgan, matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi.

Shuningdek, Astronomiya instituti hududida “Astronomiya va aeronavtika” bog‘i va Planetariy barpo etilib, bog‘da turli rusmdagi samolyotlar namunalari joylashtiriladi.

6 053






Все о погоде - Pogoda.uz