Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Isroilning Xolon texnologiya instituti bilan birgalikda "Matematika va fizikaning dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boshlandi.

Unda yurtimiz olimlari, yosh tadqiqotchilari va talabalari bilan birga, Isroil, Rossiya, Qozog‘iston, Meksika, Yaponiya kabi davlatlardan ham matematika-fizika professorlari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori A.Marahimov, Isroil davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapira va boshqalar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, yoshlarning bilim olishga ishtiyoqini oshirishda ilm-fan, madaniy-ma’rifiy jabhalardagi aloqalar muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti jahonning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bunday ma’rifiy aloqalar ta’lim sifatining yuksalishi, yosh olimlar tadqiqotlari samaradorligining yanada oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Isroilning Xolon texnologiya instituti ana shunday hamkor ilmiy muassasalardan. Mazkur dargohda aniq fanlar, matematika, ilg‘or texnologiyalar va nanotexnologiyalar kabi ilm-fanning eng dolzarb va zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha izlanishlar olib boriladi. E’tiborga molik jihati, O‘zbekistonda tahsil olgan bir qator mutaxassislar mazkur institutda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.

– Matematika barcha fanlarning asosi, – deydi Xolon texnologiya instituti rahbari Eduard Yakubov. – Bu yo‘nalishda olimlarning o‘zaro hamkorligi mustahkamlanishi yoshlarning kelgusi tadqiqotlari uchun puxta zamin yaratadi. O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida yoshlarga qaratgan e’tibori, jaholatni ma’rifat bilan yengish yuzasidan bildirgan fikrlari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu konferensiya ham olimlar hamkorligi orqali yoshlarning ilmiy izlanishlarida yangi ufqlar ochishi shubhasiz. Ibn Sino, Xorazmiy, Forobiy kabi buyuk allomalarni yetishtirgan bu xalqning ilmiy salohiyati, madaniyati, samimiyati, bag‘rikengligi tahsinga loyiq.

– Matematika bugungi kunda ilm-fanning turli jabhalari, iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, barcha-barcha jabhalarda faol qo‘llanilmoqda, – deydi Yevropa Ittifoqi matematiklar jamiyatining vitse-prezidenti Armen Sergeyev. –Hamkorlikdagi bunday konferensiyalar yangi-yangi izlanishlarga imkon yaratadi.

10-oktabrga qadar davom etadigan konferensiya davomida kompleks tahlil va funksional nazariya, algebra, amaliy matematika, hisob geometriyasi, matematik modellashtirish, optika, umumiy fizika, raqamli tibbiyot fani, biotexnologik fizika va boshqa qo‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy muhokamalar o‘tkaziladi. O‘zbekiston va Isroil olimlari aloqalarini rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashning dolzarb masalalari, yosh olimlar tadqiqotlarining natijalari atroflicha tahlil etiladi. Akademik, talabalar almashinuvining yangi istiqbollari belgilab olinadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matematika va fizikaning dolzarb masalalari mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boshlandi