Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Kitob – ma’naviyat beshigi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot-kutubxona markazi xodimlari, yozuvchi va shoirlar, talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat, kitobga mehr uyg‘otish, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari yaratish va o‘quvchilarga yetkazib berishning mustahkam tizimi yaratilib, yetti tilda darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmoqda. Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamonaviy elektron kutubxonalar faoliyati takomillashtirilmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlar sifati va samaradorligini yanada oshirishda Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi farmoyishi muhim dasturulamal bo‘lmoqda.

– Ziyo maskanimizda kitobxonlar uchun barcha qulaylik yaratilgan, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot-kutubxona markazining ilmiy-metodik bo‘limi rahbari V.Tanirbergenova. – Markazning 300 mingga yaqin fondidan 230 mingtasi kitob, 32 mingtasi gazeta-jurnal, 31 mingga yaqini elektron resurslardir. 2007-yildan buyon rasmiy veb-sayt faoliyat ko‘rsatmoqda. Yoshlarimizning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida turli uchrashuv, mushoira va kitobxonlik kechalari o‘tkazilmoqda.

Tadbirda kitobxonlikning bugungi ahvoli va muammolari, kitob va kitobxonlik madaniyati, elektron kutubxonalar va xizmat ko‘rsatishning innovatsion yo‘nalishlari xususida fikr almashildi. Badiiy jihatdan yuksak, yoshlarning intellektual salohiyatini o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga bo‘lgan talabni o‘rganish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, yozuvchi-shoirlar ishtirokida kitob bayramlari tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tadbir mushoira bilan yakunlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitob komillikka yetaklaydi