O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida «Iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion rivojlanishida polimerlar haqidagi fan va ta’lim integratsiyasining chuqurlashuvi» mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Akademiya qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti tomonidan tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizning yetakchi olimlari, yosh tadqiqotchilar, yirik ishlab chiqarish korxonalari mas’ullari qatnashdi.

Tadbirda davlatimiz tomonidan akademik fanning mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-innovatsion faoliyatini takomillashtirish va mavqeini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Harakatlar strategiyasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga ta’lim va fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilgan.

Prezidentimizning 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 18 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mamlakatimiz ilmiy salohiyatining yanada rivoj topishi va mustahkamlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda ilm-fanning o‘rnini kuchaytirish, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatimiz akademik ilm-fani va oliy ta’lim integratsiyasining mustahkamlanishida muhim dasturilamal bo‘layotir.

Polimerlar haqidagi fan iqtisodiyotning turli sohalarida polimer preparatlar va materiallarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarni qamrab oluvchi zamonaviy yo‘nalishlardan biridir. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti ana shu yo‘nalishda mamlakatimizdagi yetakchi ilm-fan dargohlaridan biridir. Institut olimlari tomonidan yaratilgan yangi materiallar va nanotexnologiyalarga oid ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar agrar soha, tibbiyot, farmakologiya, poligrafiya, yengil sanoat va to‘qimachilik, avtomobilsozlik, ishlab chiqarish, sanoatning ko‘plab yo‘nalishlarida keng joriy etilmoqda.

Fanning bir necha sohalarini o‘zida uyg‘unlashtirgan polimerlar kimyosi bo‘yicha tadqiqotlarni rivojlantirish jarayonida ilk bor o‘simliklarni kimyoviy himoyalashda polimer preparativ vositalarni qo‘llashga oid fundamental va amaliy tavsifli g‘oyalarga asos solindi. Ushbu texnologiyalar xavfsizligi, ishonchliligi, ekologik jihatdan tozaligi bilan xalqaro miqyosda ham alohida e’tirof etilgan. Uzxitan preparati o‘simliklar o‘sishini jadallashtirsa, polidef preparati paxta hosilining ortishi, ekin maydonining ekologik holati yaxshilanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Mahalliy xomashyo asosidagi interferon vositasi gripp va o‘tkir virusli respirator kasalliklarining oldini olish va davolashda qo‘l kelmoqda. Sanoatning turli sohalari uchun termoplastlar va qatlamli silikatlar asosidagi qiyin yonuvchan, o‘ta yuqori haroratga chidamli, termobarqaror nanokompozitlar sintezi va tadqiqotlari maxsus xossali polimer materiallar olish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.

– Mamlakatimizda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bugun yangi bosqichga ko‘tarildi, – deydi institut ilmiy kotibi Abdumutolib Otaxonov. – Joriy yilda institutimiz bilan «Sho‘rtangazkimyo» majmuasi, «Jizzaxplastmassa», «Navoiyazot», «Farg‘onaazot» singari yirik ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida 2018-yil oxirigacha yangi texnologiyalarni yetkazib berish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari tuzilganini buning amaliy in’ikosi sifatida ko‘rsatish mumkin. Bugungi anjuman ishida ishlab chiqaruvchilarning ham ishtirok etgani istiqbolda mamlakatimiz ilm-fani yutuqlarini iqtisodiyot tarmoqlariga faol tatbiq etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Anjumanda fanning zamonaviy muammolari, akademik ilm-fan va ta’limning integratsiyalashuvi, sanoat korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama etildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi «Fan va taraqqiyot» davlat unitar korxonasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan va Buxoro davlat universitetlari olim va tadqiqotchilarining yigirmadan ziyod ilmiy ma’ruzasi tinglandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi bosqichi