Mustaqilligimizning dastlabki yillarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ko‘chat o‘tqazish yo‘li bilan sholi yetishtirish bo‘yicha Hindiston texnologiyasi joriy etildi. Hindistonda esa ilk bor mamlakatimizda ishlab chiqarilgan kichik quyosh pechi ko‘magida materiallarni yuqori haroratda qayta ishlash texnologiyasidan foydalanildi.

Mamlakatimiz ilm-fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ulkan fizik olim, yirik davlat va jamoat arbobi, akademik Po‘lat Habibullayevning hayoti va ilmiy faoliyati haqida so‘z yuritilganda bu kabi natijalar, chet el ilmiy markazlari bilan hamkorlik samaralariga ko‘plab misollar keltirish mumkin.

Olim ilmiy faoliyati davomida iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirib, ularga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatgani, ilmiy maktab yaratib, dunyodagi bir qancha ilmiy markazlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini bugun hamkasblari, shogirdlari faxr bilan eslaydi.

Akademik Po‘lat Habibullayev zamonaviy fizika taraqqiyotiga, xususan, akustik spektroskopiya, molekulyar fizika va issiqlik fizikasi, optika va lazer fizikasi, qattiq jism va yarim o‘tkazgichlar fizikasi, nanofizika va biofizika kabi sohalar rivojiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi. U mas’ul lavozimlarda ishlagan paytlarida ham doimiy ravishda yurtimiz ilm-fanini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarda faol, yangi-yangi g‘oyalarning tashabbuskori bo‘ldi.

– Akademik Po‘lat Habibullayevning tashabbusi bilan 1977-yilda energetika, issiqlik fizikasi sohasidagi ilmiy-texnik muammolar, optika va lazer bilan bog‘liq masalalarni hal qilish maqsadida O‘zbekiston Fanlar akademiyasida issiqlik fizikasi bo‘limiga asos solindi, – deydi fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdug‘ofir Mamadalimov. – Qisqa fursatda bu bo‘lim olimlarining ilmiy yutuqlari, fundamental va amaliy tadqiqotlari xalqaro miqyosda nazarga tushdi. Nomzodlik dissertatsiyamni himoya qilganimdan so‘ng, 1977-yil Po‘lat Habibullayevning taklifi bilan ushbu bo‘limda ish boshladim. Ustoz bilan o‘ttiz yildan ko‘proq birga mehnat qilib, u kishidan ko‘p narsani o‘rgandim. Yarimo‘tkazgichlar fizikasi, tabiiy polimer tolalar fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida ilmiy maktablar yaratilishida ustozning xizmati katta.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi issiqlik fizikasi bo‘limida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etuvchi unitar firma faoliyati yo‘lga qo‘yilib, unda hozirgi paytda ham tibbiy jihozlar va dori-darmonlar innovatsiyasi sohasida samarali ish olib borilmoqda. Xususan, Po‘lat Habibullayev rahbarligida ilk bor radioaktiv izotoplar ishlab chiqarish amaliyotga joriy etildi. Natijada turli yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish uchun zarur bo‘ladigan noyob rodionuklid dori texnologiyasi yaratildi va mamlakatimizda ana shunday mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

– Akademik Po‘lat Habibullayev yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlarga alohida ahamiyat qaratgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi laboratoriyasi mudiri, akademik Ramiz Mo‘minov. – Radiatsion materialshunoslik fizikasi, yuqori haroratli o‘tkazgichlar, muhitlar va superion o‘tkazgichlar fizikasi, umrining so‘nggi yillarida nanofizika kabi istiqbolli loyihalar uning diqqat markazida bo‘ldi. Ustoz juda ko‘plab yosh olimlarning yuksak natijalarni qo‘lga kiritishida imkon qadar sharoit yaratishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilgan. Hozirgi kunga kelib shogirdlarining ko‘pchiligi samarali faoliyati bilan mamlakatimiz ilm-fani, iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Ustozning qo‘llab-quvvatlashini doim his qilib turganmiz. Kremniy kristallari asosida yadro nurlanishi detektorlarini yaratish va yarim o‘tkazgichlar fizikasi borasidagi ishlarimni alohida rag‘batlantirgan. Bizning detektorlarimiz o‘z jihatlari bilan jahon standartlaridan qolishmasligini, u kosmik tadqiqotlar jarayonida, suv osti kemalarida, yer silkinishini oldindan bashorat qilishda, yirik yadro fizikasi tajribalarida qo‘llanilayotganini faxr bilan aytardi.

Olim yaratgan qator darslik va o‘quv qo‘llanmalari, besh yuzdan ortiq ilmiy ish, yuzlab maqolalar mamlakatimizda fizika fani taraqqiyotiga xizmat qiluvchi qimmatli manba hisoblanadi. Uning rahbarligida 40 ga yaqin fan doktori, 200 dan ortiq fan nomzodi tayyorlangan.

Ilm-fan ravnaqiga umrini bag‘ishlagan akademik Po‘lat Habibullayevning qimmatli sabog‘ini olgan yosh olimlar bugun uning samarali faoliyatini davom ettirmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm-fan ravnaqiga baxshida umr