O‘zA O`zbek

17.06.2019 17:25 Chop etish versiyasi

DTM: OTMga kiritib qo‘yaman, deganlarga ishonmang!

DTM: OTMga kiritib qo‘yaman, deganlarga ishonmang!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi mutasaddilari ma’lum qilishicha, endi “oliy ta’limga kiritib qo‘yish amaliyotiga” mutlaqo chek qo‘yiladi. Yo‘nalishlar bitta bo‘lmagandan keyin, abiturientlarning bir-biriga yordam berishi ham cheklanadi.

– Abiturient yurtimizning istagan joyida test topshiryapti. U qaerda, qachon topshirishini bilmagandan keyin, yordam beraman deb urinishning iloji yo‘q. Bu chora bilimli yoshlarning o‘qishga kirishini ta’minlaydi. Oliy ta’lim muassasasi ham abiturient haqida bilmaydi. Endilikda qabul jarayonlarida “manfaat” degan tushuncha yo‘qoladi. Shuning o‘ziyoq katta natija. Hozircha qo‘limizdan keladigani, test jarayonlarida shaffoflikni ta’minlab turish. OTMga kiritib qo‘yaman, deganlarga ishonmang, – dedi Davlat test markazi bosh boshqarmasi boshlig‘i Barno Rajabov. 

Brifingda abiturientlar diqqatiga yana bir juda muhim e’lon ma’lum qilindi: Imtihon kuni kech qolgan abiturientlar belgilangan vaqtdan kech qolsa, imtihonga kiritilmaydi. Bu qat’iy belgilangan tartib, qoida. Sababi, ikki smenada tashkil etiladigan test sinovlari o‘z vaqtida, tartibli va sifatli o‘tkazilishi kerak.

Abiturientlarda ko‘plab savollar tug‘ilishi tabiiy hol. Shu bois Davlat test markazi saytidan ma’lumot olishi mumkin.

Barno MELIQULOVA, O‘zA
1 753