O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining mineral o‘g‘itlar kimyosi guruhirahbariSali Bauatdinov yer osti boyliklaridan mineral o‘g‘it olishning 3 texnologiyasini ixtiro qilgan edi.
Toshkent moliya institutida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida “Fan to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yil 1-3-aprel kunlari «Lomonosov – 2018» forumi doirasida M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida matematika va informatika bo‘yicha festival bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda islom fani va madaniyati rivojiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish, xalqimizga yetkazish va olamda targ‘ib etish, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni buyuk bobolar izidan boradigan munosib avlod etib tarbiyalash bo‘yicha mazmuni va ahamiyati jihatidan ulkan ishlar oshirilmoqda.
Dunyoning nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirayotgani haqida maqola e’lon qildi.
Xorazmshohlar davlatining so‘ngi hukmdori, dunyoni zir titratgan Chingizxondek jahongirni dog‘da qoldirgan Jaloliddin Manguberdi va barcha zamonlarning ulkan shoiri, faylasufi hisoblanmish Jaloliddin Rumiy hazratlari o‘rtasida bog‘liqlik bormidi?
O‘zbekistonlik matematik olim, Fanlar akademiyasi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor O‘tkir Roziqov 2018 yil 26 yanvar Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) a’zosi etib saylandi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti?da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, tarjimon, adib va olim Ibrohim G‘afurovning 80 yillik tavallud ayyomiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 78-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nazokat Vohidova o‘z mehnati va kasbga fidoyiligi bilan elda e’zoz topgan xalq ta’limi jonkuyarlaridan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Shavkat Solihov ilm-fan sohasida qo‘lga kiritgan katta yutuqlari uchun Xitoy Fanlar akademiyasining xorijiy a’zoligiga saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Navoiy shahridagi 27-maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv media markazini tashkil etish” loyihasi bo‘yicha almashinuv notalarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Endi talaba bo‘lgan yigit-qizlar maxsus sinovdan so‘ng chet tili bo‘yicha bilim darajasiga qarab uch guruhga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarga qatnashadi. Birinchi guruh ingliz tilidagi ilk ko‘nikmalarni o‘rgansa, ikkinchi guruhda o‘rtacha o‘zlashtirgan talabalar jam bo‘ladi.
Poytaxtimizda I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etilganiga o‘n yil to‘lgani munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida "Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiya, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari" mavzuida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda oilaviy ko‘nikmalarga oid o‘quv dasturlari orqali yoshlar o‘rtasida turli illatlar, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 28-iyuldagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi qarori muhim dasturilamal bo‘layotir.