Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Muloqotni rivojlantirishda Ombudsmanning roli

07.11.17 10:55

Qarshida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishda Ombudsmanning roli” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘ksik qalblarga quvonch ulashib...

06.11.17 12:51

O‘ksik qalblarga quvonch ulashib...

Prezidentimiz tashabbusi bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlardan xalqimiz mamnun.

Jinoyatchilik va huquqbuzarlik kamaymoqda

17.10.17 14:38

Mamlakatimizda har haftaning payshanbasida o‘tkazilayotgan jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni tadbirlari yuksak samaralar bermoqda.

Muammolarga aniq yechim topildi

29.09.17 18:55

Joriy yil 28-29 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev, ichki ishlar vaziri P.Bobojonov, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.Tohiriy, Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev, adliya vaziri o‘rinbosari A.Toshqulov hamda mazkur idoralar mas’ullari, shuningdek, tijorat banklari rahbarlari Samarqand viloyatida sayyor qabullar o‘tkazdi.

Davlat idoralari xalqqa xizmat qiladi

13.09.17 15:06

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan g‘oya hayotda o‘z ifodasini topayotgani xalq manfaatlari ta’minlanishiga xizmat qilmoqda. Ana shu maqsad yo‘lida jamiyatning barcha sohalari chuqur isloh qilinayotir.

Chevarga yangi uy berildi

22.08.17 12:06

Joriy yilning iyun oyi o‘rtalarida samarqandlik 24 nafar imkoniyati cheklangan, moddiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini ta’minlash maqsadida ularga tikuv mashinalari berilgan edi.

Muloqotlarda muammolarga yechim topilmoqda

29.06.17 12:56

Muloqotlarda muammolarga yechim topilmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida eng chekka hududlar aholisi alohida e’tiborda” shiori ostida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Odamiylikning oliy mezoni

21.06.17 15:48

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalq qabulxonalari aholi bilan muloqotning zamonaviy va samarali mexanizmini yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni sifat jihatidan tubdan yaxshilash, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ishonchli himoyalashga xizmat qilmoqda.

Muammolar joyida hal etilmoqda

16.06.17 12:41

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyati kengashi tomonidan Tomdi tumani “Shiyeli” ovul fuqarolar yig‘inida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Deputat va senatorlar joylarga chiqib kamchilik va muammolarni o‘rganmoqda

13.06.17 13:17

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Deputat va senatorlar joylarga chiqib, muammolarni o‘rganmoqda

12.06.17 15:33

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Oliy Majlis Senati a’zolarining bir guruhi Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida bo‘lib, aholi bilan muloqotlar o‘tkazdi. O‘rganishlar natijasi xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida muhokama etildi.

Deputat va senatorlar Pop tumanida aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazmoqda

07.06.17 16:11

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolaridan bir guruhi Namangan viloyati Pop tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda.

Shofirkon tumanida yoshlar haftaligi o‘tkazildi

31.05.17 15:31

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi doirasida yoshlar haftaligi o‘tkazildi.


:






Все о погоде - Pogoda.uz