O‘zA O`zbek

15.04.2019 15:14

“Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlikda bellashdi

“Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlikda bellashdi

Qarshida “Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash tug‘risida”gi qarori va “Yosh chegarachilar” musobaqasini o‘tkazishni tashkillashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar harbiy sohada o‘zlashtirgan bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqadan asosiy maqsad mamlakatimizning barcha chegaraoldi hududlaridagi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda tahsil olayotgan chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalashdir.

Musobaqada yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, ularni chegara xizmatiga bosqichma-bosqich tayyorlab borish va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nishon tumanidagi 15-umumta’lim maktabining “Amir Temur izdoshlari” jamoasi mutloq g‘oliblikni egallab, musobaqaning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

photo5298661562522905400.jpg

photo5298661562522905401.jpg

photo5300953932597668403.jpg

photo5300953932597668405.jpg

photo5300953932597668412.jpg

photo5300953932597668406.jpg

photo5300953932597668413.jpg

O‘.Barotov, O‘zA