Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT shafeligida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiya samarali bo‘ldi.

O‘zA muxbiri xalqaro forum qatnashchilarining fikrlari bilan qiziqdi.

Nixat Zeybekchi, Turkiya Respublikasi iqtisodiyot vaziri:

– Turkiya Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Keyingi yillarda mintaqadagi mamlakatlar bilan transport-logistika sohasidagi aloqalarning rivojlanib borayotgani davlatlarimiz iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Biz, Markaziy Osiyo davlatlarini Yevropa bilan bog‘lovchi muhim ko‘prik sifatida qadimiy Buyuk ipak yo‘lining qayta tiklanishidan manfaatdormiz. Bu borada ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan transport koridori bo‘yicha loyihada ishtirok etishga tayyormiz.

Samarqandda tashkil etilgan xalqaro forum nafaqat mintaqa mamlakatlari xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlash, o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga xizmat qiladi, balki ushbu davlatlarning dunyo xalqlari bilan iqtisodiy integratsiyasini yanada kuchaytirishga keng imkoniyat yaratadi.

Muhammad Javad Zarif, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri:

– Bugun tez o‘zgarayotgan dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash eng muhim masala hisoblanadi. Har bir davlat ushbu yo‘nalishda o‘ziga xos ichki va tashqi siyosat yuritadi. Shu bilan birga bu borada qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi har tomonlama foydali bo‘lishi shubhasiz.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlarining ushbu maqsad yo‘lida hamjihatlikda zarur chora-tadbirlarni ko‘rayotgani e’tiborga molik. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu borada bayon etgan taklif va tashabbuslarini barcha davlatlar qo‘llab-quvvatlamoqda.

Erlan Abdildayev, Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri:

– Davlatlarimiz rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan keyingi paytda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik aloqalari mustahkamlanib, yangi bosqichda davom etmoqda. Buni barcha sohalardagi hamkorlik rivojlanib borayotgani ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Qadimiy Samarqandda bo‘lib o‘tgan ushbu xalqaro konferensiya terrorizm, diniy ekstremizm va giyohvandlikka qarshi birga kurash olib borishimiz, bu borada harakatlarimizni muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Markaziy Osiyo davlatlarining yakdilligi mintaqada xavfsizlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Xalqlarimizning buyuk tarixi bor. Qurilayotgan kelajak ham albatta buyuk bo‘ladi.

Sirojiddin Aslov, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri:

– Ushbu xalqaro konferensiya Markaziy Osiyo mintaqasidagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim qadam bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Sababi, dunyo xavfsizligiga tahdid qilayotgan terrorizm balosi mintaqamizga ham xavf solmoqda. Shuning uchun avvaldan bunday xavflarning oldini olish choralarini ko‘rish, bu borada hamkorlikda ish olib borish barcha davlatlar uchun manfaatli bo‘lishi shubhasiz.

Qo‘shni Afg‘onistondagi notinchlik mintaqamizdagi davlatlar va xalqlar osoyishtaligiga tahdid sifatida barchamizni tashvishga soladi. Ushbu mamlakatda barqarorlikka erishish borasida biz ham hamkorlikda ish olib borishimiz lozim.

Rashid Meredov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri:

– Samarqandda tashkil etilgan ushbu xalqaro konferensiya Markaziy Osiyo davlatlarining har jabhada hamfikr, mintaqadagi mavjud muammolarni hamjihat hal qila olishini dunyoga ko‘rsatdi.

Mintaqadagi davlatlararo muammolar bo‘lmasligi, ayniqsa, xavfsizlik masalasida barchamizning yakdilligimiz taraqqiyotga xizmat qiladi. Shuningdek, mintaqadagi Yevroosiyo transport koridorini rivojlantirish Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog‘lashda muhim omil bo‘ladi. Albatta, buning uchun mintaqada terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik kabi turli tahdidlarning oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash lozim. Samarqand konferensiyasi aynan shu masalalar muhokamasiga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfsizlik va barqarorlik – taraqqiyotning asosiy omili