Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.04.2017 14:13 Chop etish versiyasi

Xalq qabulxonalariga xalqning ishonchi ortmoqda

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi. Fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Qabulxonada ish zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun zarur qulayliklar yaratilgan. Qabulxona Samarqand shahri, Dahbed ko‘chasi, 32-uyda joylashgan.

Prezidentimiz Xalq qabulxonalari xalq bilan muloqot uchun erkinlik va qulaylik yaratgani, endi asosiy e’tiborni odamlarni rozi qilishga qaratish zarurligini ta’kidladi.

Anvar Samadov, O‘zA
9 694






Все о погоде - Pogoda.uz