O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-15-oktabr kunlari Xorazm viloyatida bo‘ldi.

Tashrifning birinchi kuni Prezidentimiz qurilish va obodonlashtirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, el-yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan ulkan loyihalar, turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan rejalar bilan tanishdi.

Xorazm zamini azaldan ulug‘ alloma va mutafakkirlari bilan mashhur. Ularning bugungi izdoshlari o‘z fidoyi mehnati bilan mamlakatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shmoqda.

Viloyat tobora zamonaviy qiyofa kasb etib, yangi uy-joylar, sanoat korxonalari, muhtasham saroylar, ravon yo‘llar, keng maydon va xiyobonlar, bog‘-rog‘lar, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari barpo etilmoqda, barcha sohalarda ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil yanvar oyida viloyatga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Natijada 2018-2019 yillarda Xorazm viloyatida umumiy qiymati 716 million dollar bo‘lgan 1 ming 500 ga yaqin loyihani amalga oshirish va 16 ming ish o‘rni yaratishga mo‘ljallangan dastur loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyihalarning qiymati 450 million dollar bo‘lgan 478 tasi tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbarining bu loyihalarni yanada takomillashtirish va yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2018-yilni Xorazm viloyatida “Tadbirkorlikni tubdan rivojlantirish va investitsiyalar yili”, deb e’lon qilish taklifi ham tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etishda muhim qadam bo‘ladi.

Shu kuni Urganch shahrida xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Prezidentimiz tavsiyasiga ko‘ra, Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Ilgizar Sobirov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Tashrifning ikkinchi kuni davlatimiz rahbari Xorazm viloyati musiqali drama teatrini borib ko‘rdi.

Prezidentimizning joriy yil 31-maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, sohani rivojlantirish, teatrlarning moddiy-texnik bazasini zamon talablari asosida mustahkamlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xorazm viloyati musiqali drama teatri binosi 1975-yilda qurilgan. Shu kunlarda teatr binosi, jumladan, 572 tomoshabinga mo‘ljallangan zal kapital ta’mirlanmoqda. Yoritish, isitish va sovutish tizimlari xorijiy texnologiyalar asosida yangilanmoqda. Teatr sahna dekoratsiyalari va konstruksiyalari, liboslar, grim va postijyor mahsulotlari, parda va boshqa buyumlar bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbari teatr mutasaddilari bilan muloqotda teatrning repertuari, xodimlar malakasi va mehnat sharoiti bilan qiziqdi. Ijodiy jamoa faoliyatini kengaytirish, mazmun-mohiyatini yanada boyitish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Teatrni haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirish uchun, avvalo, yaxshi asarlar kerak, dedi davlatimiz rahbari. Xorazmning buyuk tarixi bor. Ulug‘ allomalarimiz, shu bilan birga, zamonamiz qahramonlari haqida sahna asarlari yaratish zarur. Teatr jamoasi tomoshabinlar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yishi, tumanlarga chiqib, spektakllar namoyish qilishi, yoshlarni san’atga, madaniyatga o‘rgatishi kerak.

Ijodkorlar uchun zamonaviy uy-joy qurib berish, teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Dramaturglarni qo‘llab-quvvatlash, aktyor va rejissyorlar malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Urganch shahridagi Yoshlar markazida ham bo‘ldi.

Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi islohotlar yuksak samaralar bermoqda.

Urganch shahridagi Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i hududida tashkil etilgan markazda yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha sharoit yaratilgan. “Yosh chevarlar”, “Yosh rassomlar”, “Yosh shaxmatchilar”, “Yosh ijodkorlar”, “Yosh sartaroshlar” kabi o‘ndan ortiq to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonida viloyatlar va Toshkent shahrida Yoshlar markazlari qurish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 11 yillik o‘rta ta’lim tizimi joriy etilishi munosabati bilan bo‘shaydigan kollejlar binolarini O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari ixtiyoriga o‘tkazish, ularning negizida barcha qulayliklarga, jumladan, kutubxona va kitob do‘koniga ega Yoshlar markazlari va zamonaviy yoshlar kinoteatrlari, shuningdek, yoshlarni, ayniqsa, ularning uyushmagan qismini kasb-hunarga to‘lovsiz o‘qitish markazlari tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari Yoshlar markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Biz bu kabi zamonaviy inshootlarni ko‘plab qurishimiz mumkin. Lekin ularda qanday ta’lim-tarbiya olish, hunar o‘rganish siz yoshlarning intilish va tashabbuslaringizga ham bog‘liq, dedi Shavkat Mirziyoyev. Xorazmlik yoshlar bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak.

Prezidentimiz turli sabablarga ko‘ra to‘g‘ri yo‘ldan adashib qolgan yoshlarni sog‘lom hayotga qaytarishda ularning tengdoshlari yordam berishi kerakligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev viloyatning bir guruh faol yoshlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.

Zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, xorijdagi tengdoshlari bilan bemalol bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi, dedi davlatimiz rahbari.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar Prezidentimizga yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, navqiron avlod kamoloti yo‘lida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentimiz xorazmlik yoshlarning shijoati, erishayotgan yutuqlarini yanada rag‘batlantirish maqsadida Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey o‘quvchisi Ozoda Ismoilovaga O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida malaka oshirish uchun yo‘llanma, Gurlan maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Shirinoy Rahimovaga "Spark" avtomobili sovg‘a qildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq dardi bilan yashash, xalqqa xizmat qilish – eng asosiy vazifa