O‘zA O`zbek

10.05.2019 19:28 Chop etish versiyasi

Uchtepa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur ishlab chiqiladi

Uchtepa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur ishlab chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Davlatimiz rahbari tumanda sanoat ishlab chiqarishi Toshkent shahri koʻrsatkichidan 2 barobar kamligi, boshqa sohalar ham eng past darajada ekanini koʻrsatib oʻtdi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish, ichki yoʻllar va kommunal tarmoqlarni taʼmirlash va yoshlar masalasi boʻyicha koʻp ishlar qilinishi kerakligini qayd etdi.

Shu maqsadlar uchun 61 ta loyihadan iborat dastur shakllantirilgani, ular hali yana koʻpaytirilishini taʼkidladi.

- Uchtepa tumanini har tomonlama rivojlantirish boʻyicha alohida qaror qabul qilinadi. Unga nisbatan aniq takliflaringizni aytsangiz, bu hujjat amaliy, foydali boʻladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

1.jpg

Uchrashuv erkin, ochiq muloqot tarzida oʻtdi. Odamlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Prezidentimiz takliflarni tegishli rejalarga kiritish, yaqin vaqtlarda amalga oshirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

2.jpg

OʻzA
3 485