O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik obyektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan.

Turizm – iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o‘zi taqozo etmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lgan ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan. Ular qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta. Sohani yanada rivojlantirish uchun, avvalo, zarur infratuzilmani takomillashtirish shart. Birinchisi, transport, ikkinchisi logistika, deb ta’kidladi Prezidentimiz.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, 2017-yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, qariyb 1 million 800 ming sayyoh yurtimizga kelgan. Bu 2016-yilning mos davriga nisbatan 17 foiz ko‘pdir. Mamlakatimizda sayyohlik xizmatlari eksporti ham 17 foiz ko‘payib, 1 milliard 86 million dollarni tashkil qilgan. Yil oxiriga qadar mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 2,5 milliondan oshishi kutilmoqda.

Mamlakatimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo‘nalishlarda keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi yillarda alpinizm, otda, tuyada, velosipedda sayohat qilish, off-road sayyohatlari, baliq ovi, rafting, xeliski, geoturizm, ta’lim turizmi, tibbiy turizm kabi yangi sayyohlik yo‘nalishlari ommalashmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishni ta’minlash, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishda muhim omil bo‘lmoqda.

Farmonda belgilab berilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

O‘tgan qisqa davr mobaynida O‘zbekiston turizm salohiyatini kompleks rivojlantirishga qaratilgan 16 normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ushbu hujjatlar asosida turizm sohasi subyektlariga sezilarli soliq va bojxona imtiyozlari hamda boshqa yengilliklar taqdim qilindi.

Mamlakatimiz turizm tarmog‘ini Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) talablariga mos kelishini ta’minlash maqsadida turizm terminologiyasi va mehmonxona xo‘jaliklari xavfsizligi talablari bo‘yicha yangi 2 ta davlat standarti ishlab chiqildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Bulardan tashqari, Prezidentimizning tegishli qarori bilan hududlarda turizm sohasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Xiva va Shahrisabz shaharlari hokimlarining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi.

O‘tgan davr mobaynida davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish hamda hududlarning turizm salohiyatini keng targ‘ibot qilishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi. Jumladan, Buxoro va Samarqand shaharlarida sayyohlar uchun kunu tun faoliyat ko‘rsatuvchi, har birining hududi 10 gektardan iborat "Qadimiy Buxoro" va "Samarqand siti" turizm hududlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron-Angren turizm klasterlari hududlarida mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha komlpeks chora-tadbirlar ishlab chiqildi va bugungi kunda amaliyotga joriy etilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi.

Qarorga ko‘ra, 2018-2019-yillarda soha oldida turgan muhim masalalar yechimiga bag‘ishlangan alohida dastur tasdiqlandi va uning to‘liq ijrosini ta’minlash va sohada olib borilayotgan ishlarni idoralararo muvofiqlashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashi tuzildi.

Dastur asosida yuqoridagi kabi alohida turizm hududlari Toshkent, Urganch shaharlarida va Farg‘ona viloyatida tashkil etilishi belgilangan.

Shuningdek, dastur doirasida turizmning tibbiy, rekreatsiya, agro va ekoturizm yo‘nalishlari bo‘yicha alohida dasturlar qabul qilinishi ham belgilab qo‘yildi.

Zamonaviy turizm istiqbollaridan biri – noyob tabiiy maskanlar hisoblanadi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ekoturizm eng rivojlangan yetakchi davlatdir. Yurtimiz boy hayvonot va o‘simlik dunyosi, betakror landshaft manzarasi, milliy an’analar va taomlar oshxonasi bilan sayyohlar e’tiborini qozonib keladi. Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i, uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonalarida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari yig‘ilishda har bir yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni Yevropa, Osiyo va boshqa qit’alardan keladigan sayyohlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish, charter reyslar va temir yo‘llarda qatnovlar sonini ko‘paytirish, turizm rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini mukammal o‘zlashtirish, ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlik obyektlarini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Mamlakatimizda turizm yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi 5 oliy o‘quv yurti, jumladan, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda o‘ndan ortiq o‘rta maxsus bilim yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlik sohasida ta’lim olayotgan yoshlar, sohada mehnat qilayotgan mutaxassislarning Yevropa hamda Osiyoning yirik sayyohlik markazlari va o‘quv yurtlarida malaka oshirishiga ko‘maklashmoqda.

Soha istiqbolida yana bir muhim jihat – bu hududlardagi barcha madaniy-tarixiy meros obyektlari, tabiiy o‘lkashunoslik, milliy qo‘riqxona hududlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mintaqalarda turizmni rivojlantirish uchun joylardagi mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilik kuchlarini birlashtirishdan iborat. Bu boradagi izchil ishlarni amalga oshirishda mamlakatimizda mustahkam huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, hududlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan va jarayon izchil davom etmoqda.

Mamlakatimiz turizm industriyasi jadal rivojlanishida xususiy sektorning ustuvor ishtirokini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozir yuzlab tadbirkor va hunarmandlar turizm sohasiga jalb qilingan bo‘lib, ular suvenir mahsulotlari ishlab chiqarish, mehmonxona xo‘jaligi, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Turizmni rivojlantirishda xorij mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan sayyohlik ko‘rgazma va anjumanlari muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz milliy madaniy merosini chet ellarda ommalashtirish, mamlakatimizga xorijlik sayyohlarni ko‘proq jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlari Madrid, Riga, Berlin, Parij, Tokio, London, Moskva, Istanbul kabi dunyoning yirik shaharlarida qator ko‘rgazmalar tashkil etmoqda yoki xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashmoqda. Bu, albatta, o‘z samarasini berib, xorijiy sayyohlarning yurtimizga oqimi tobora ko‘paymoqda.

Yig‘ilishda turizm industriyasini jadal rivojlantirishda xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish, ularga imtiyozlar taqdim etish, sohada kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi sayyohlik mahsulotlari turini ko‘paytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari mutasaddi qo‘mita, vazirlik va idoralar rahbarlariga sayyohlikni mavsumiy emas, balki yil davomida daromad manbaiga aylantirish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, sayyohlarni jalb qilishda yangicha usul va yondashuvlardan samarali foydalanish, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizmni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi