Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.04.2017 16:02 Chop etish versiyasi

Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 15-aprel kuni Fransiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan vazirliklararo Hamkorlik dasturi O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida o‘zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, iyun oyining boshida “MEDEF Interneshnl” Fransiya korxonalari harakati boshchiligidagi ishbilarmon doiralar vakillarining O‘zbekistonga tashrifi muvaffaqiyatli o‘tishidan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Shu kuni Fransiya delegatsiyasi vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazdi, Hazrati Imom (Hastimom) majmuida bo‘ldi.

O‘zA
993






Все о погоде - Pogoda.uz