Toshkent shahrida 2017-yil 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar adliya vazirlarining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar vakillari – Hindiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirlari, Xitoy Xalq Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari hamda ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar – Afg‘oniston Islom Respublikasi, Belarus Respublikasi va Eron Islom Respublikasi adliya vazirlari ishtirok etdi.

Shuningdek, ShHT Bosh kotibi o‘rinbosari va ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori o‘rinbosari qatnashdi.

Majlisda ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining qonun ustuvorligi, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ushbu sohada tajriba almashish borasidagi hamkorligini yanada faollashtirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, fuqarolar va biznesga yuridik xizmat ko‘rsatish sifatini izchil yuksaltirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish, ShHT makonida investitsiyalarni huquqiy qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston tomoni tashabbusiga ko‘ra investitsiyaviy qonunchilikni takomillashtirish, investitsiya kiritishni yengillashtirish va ushbu jarayondagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha huquqiy sharoitlarni yaratish masalalari qizg‘in muhokama etildi.

Ta’kidlanganidek, ShHTga a’zo davlatlar fuqarolari uchun fuqarolik va oila masalalari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish, so‘rovlar sifatini oshirish va ular o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jamiyatda qonuniylikni ta’minlash va fuqarolar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoyalashga xizmat qiladi.

Kun tartibidan o‘rin olgan yana bir muhim mavzu jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqishning zamonaviy usullarini joriy etishdir. Shu munosabat bilan majlis qatnashchilari va mehmonlariga O‘zbekistonda joriy etilgan xalq bilan muloqotning dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan yangi samarali tizimi haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilgan Xalq qabulxonalari faoliyati, mazkur jarayonni ko‘rib chiquvchi va nazorat qiluvchi amaliy mexanizmlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining maxsus xizmati rahbarligidagi kuchli institutsional baza majlis ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Shu bois Xalq qabulxonalaridan birining faoliyati bilan tanishishga qaror qilindi.

Uchrashuvda ishchi guruhlarning sud ekspertizasi va ShHTga a’zo davlatlarga yuridik xizmatlar ko‘rsatish sohasida hamkorlik qilish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar tasdiqlandi.

Majlis yakunida ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlari tomonidan Qo‘shma bayonot imzolandi. Ushbu hujjatda Shanxay hamkorlik tashkilotini 2025-yilgacha rivojlantirish Strategiyasiga to‘la mos keladigan, tashkilotga a’zo davlatlar Adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlar o‘z ifodasini topgan.

Qo‘shma bayonotda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi davlat va ijtimoiy hayotining barcha sohalari, jumladan, sud-huquq tizimi, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida jadal amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarga yuksak baho berdi. Ta’kidlanganidek, mazkur islohotlar bugungi kunda barcha mamlakatlar uchun muhim hisoblangan qonun ustuvorligini ta’minlash, jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, tadbirkorlik sub’ektlari va xorijiy sarmoyadorlarning faoliyatini ishonchli himoya qilishda muhim omil bo‘ladi.

Majlis ishchan, do‘stona va o‘zaro ishonch ruhida o‘tdi.

Anjuman yakunida adliya vazirlari yuksak darajada tashkillashtirilgan tadbir uchun minnatdorlik izhor qildi. Ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan barcha takliflar o‘zining amaliy ifodasini topishiga va belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarishda ta’sirchan mexanizmga aylanishiga ishonch bildirdi.

Majlis doirasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Hindiston, Qirg‘iziston, Pokiston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi adliya vazirlari hamda Xitoy Xalq Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar adliya vazirlari shu kuni Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyati bilan ham tanishdi.

Delegatsiyalar a’zolari 21-oktabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi, notarial idora va nikoh uyi faoliyati bilan tanishadi, shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi