O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 17 mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Samarqand viloyati mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati yuqori, boy tarix va madaniyatga ega hududlaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, shahar va qishloqlarining kun sayin o‘zgarib, obod bo‘lib borayotgani, aholi turmush farovonligi yuksalayotganida ham o‘z aksini topmoqda.

Jumladan, 2017 yilda viloyat yalpi ichki mahsuloti hajmi 18 trillion 319 milliard so‘mga yetib, 102 foizga bajarildi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida ham barqaror o‘sish suratlari ta’minlangan. Tashqi savdo aylanmasi 1 milliard 96 million dollarni tashkil etdi.

Yil davomida xorijiy sarmoya ishtirokida 56 ta yangi korxona tashkil etilib, ularning soni 291 taga yetdi. Viloyatdagi 44 ta davlat mulki obyektlari investitsiya kiritish sharti bilan “nol” xarid qiymatida tadbirkorlarga berildi. 3259 ta kichik biznes subyekti yangidan faoliyat boshladi va mazkur tarmoqning viloyat yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 78 foizni tashkil etdi.

Viloyatni hududiy rivorjlantirish dasturlariga asosan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalarida 2252 ta loyiha amalga oshirilib, 20 ming 300 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Investitsiya dasturi asosida respublika byudjetidan ajratilgan 148,6 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 178 ta ijtimoiy soha obyektida qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Joriy yilda esa viloyat bo‘yicha 229 ta ijtimoiy soha obyektida 674,5 milliard so‘mlik qurilishi ishlari bajariladi.

Davlatimiz rahbari 2017-yilda viloyatga tashriflari chog‘ida Samarqand shahri va boshqa tuman, shaharlarda qurilish-bunyodkorlik ishlarini keng ko‘lamda davom ettirish, turizm, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarni jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma obyektlari bunyod etildi. Tashriflar chog‘ida taqdimoti o‘tkazilgan 15 ta loyiha ishga tushirildi, 18 tasi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatda olib borilayotgan bu kabi ishlar, belgilangan vazifalarning ijrosi va loyihalarning amaliy natijasi Prezidentimizning doimiy e’tiborida. Tashrif davomida davlatimiz rahbarining mazkur jarayon bilan bevosita tanishishi, tadbirkor va investorlar, mas’ullar hamda aholi vakillari bilan muloqotlari rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar belgilab olinadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga tashrifi boshlandi