O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2-mart kuni Navoiy viloyatiga keldi.

Navoiy viloyati o‘zining mehnatkash xalqi, yerosti va yerusti boyliklari, ulkan iqtisodiy salohiyati bilan mamlakatimizda alohida o‘ringa ega. Viloyatda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati izchil rivojlangan.

Bugun viloyatda yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatlari va “Elektrkimyozavodi” qo‘shma korxonasi shular jumlasidandir.

Prezidentimiz o‘tgan yil 28-mart kuni viloyatga tashrif buyurib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni ishlar bilan tanishgan edi.

Oradan o‘tgan bir yil davomida viloyatda ulkan ishlar amalga oshirildi. Ijro jarayoni davlat rahbarining shaxsiy nazoratida.

Prezidentimizning bu safargi tashrifi ham ana shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Davlat rahbari dastlab, Karmana tumanidagi «Karmana golden eggs» mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi. Uni tashkil qilish bo‘yicha loyiha o‘tgan yil mart oyida Prezidentga taqdim qilingan edi.

Oradan o‘tgan vaqt davomida birinchi bosqichdagi ishlar boshlandi. 90 kunda jo‘ja yetishtirishga mo‘ljallangan parrandachilik kompleksida ellik ish o‘rni yaratildi. Majmuada jo‘ja 90 kun davomida parvarishlanib, tuxum beradigan tovuq holida sotuvga chiqariladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev loyiha tashabbuskori bilan kelajak rejalari haqida suhbatlashdi. Ma’lum qilinganidek, 2019-yilda inkubatsiya, tuxum yetishtirish komplekslarini ishga tushirish mo‘ljallangan. Olinadigan mahsulotning 30 foizi eksportga chiqariladi, 100 kishining bandligi ta’minlanadi.

– Parrandachilik bo‘yicha tizim yaratilibdi, – dedi Prezident. – Endi bu yerda tuxum yetishtirish va uni eksportga chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi boshlandi