Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida istiqboldagi rejalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, 2010-2016 yillarda iqtisodiy zonada 22 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, 904 ish o‘rni yaratilgan. Taqdim qilingan rejaga ko‘ra, 2017-2019 yillarda 32 ta loyiha amalga oshirilib, 1659 ta ish o‘rni yaratiladi. Bunda elektrotexnika, farmatsevtika va tibbiy buyumlar, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari, kimyo va neft kimyosi mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Loyihalarda marmar va granit toshlar, kompozit tosh mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi ham o‘rin olgan. Tosh kar’erlaridan marmar qazib olish, qayta ishlash, kompozit va arxitektura qurilmalari yaratish ishlari bajariladi.

1 (1).JPG 

Davlat rahbariga taqdim qilingan yana bir reja bo‘yicha 2018-2019 yillarda umumiy qiymati 84,5 million AQSh dollariga teng bo‘lgan alyumin profillar, aksessuar va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi 4 ta loyiha amalga oshiriladi. 

2 (1).JPG

– Navoiy viloyatida iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, – dedi Prezident. – Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun tashabbuskor tadbirkorlarni topish kerak. Buning uchun yaqin vaqtda viloyatda biznes-forum tashkil qilish lozim. Unga chet ellik investorlarni ham jalb qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ana shunda Navoiyga eng sara investorlar keladi. 

3 (1).JPG

Viloyatda shisha mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi Zarafshon shahri hududida amalga oshiriladi. 350 kishining bandligi ta’minlanadigan korxonada silliq list oyna, shisha idishlar ishlab chiqariladi.

Prezidentga zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish, parrandachilik, baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Baliqchilikka oid reja davlat rahbariga manzur bo‘ldi. Unda Karmana tumanidagi xonadonlarda kichik suv havzalari barpo etib, intensiv usulda baliq yetishtirish mo‘ljallangan. Loyihaga ko‘ra, ikki sotix yerda intensiv usulda baliq yetishtiriladi. Davlat rahbariga yetishtiriladigan baliq turlari, ozuqasi, daromadlar haqida ma’lumot berildi.

– Baliq parxez mahsulot hisoblanadi, go‘sht o‘rnini bosadi. Shunday ekan, bu tarmoqni rivojlantirishga katta e’tibor berish zarur, – dedi Prezident. – Xonadonlarda yetishtirilgan baliq aholiga faqat qo‘shimcha daromad manbai emas. U sog‘lik uchun ham foydalidir.

Ma’lum qilinganidek, Navoiy viloyatidagi «To‘dako‘l» suv havzasida ochiladigan baliqchilik majmuasiga 1200 gektar yer ajratiladi. Eronlik investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha yiliga 5000 tonna baliq, 4000 tonna qayta ishlangan baliq mahsulotlari (baliq filesi, farshi, dudlangan baliq) tayyorlashni ko‘zda tutadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Yaqin yillarda Navoiyga eng sara investorlar keladi