“ – Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashimiz lozim, – dedi davlatimiz rahbari Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida.

– Bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlari terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga duch kelmoqda.

Ushbu tahdidlarga qarshi samarali kurashishni faqat birgalikda, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik mexanizmlari doirasida ta’minlash mumkin.

Xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarur, degan qat’iy fikrdamiz.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti mintaqaviy xavfsizlik muammosini, avvalo, preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda hal qilishda muhim o‘rin tutishi lozim.

Shuningdek, MDH, ShHT, YeXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur.

Bugungi kunda Markaziy Osiyoda barqaror va izchil taraqqiyotning istiqbollari qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bilan chambarchas bog‘liqdir.

Birinchi galdagi vazifalardan biri Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo‘shilishiga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat.

Bu dunyo hamjamiyatining Afg‘onistonda tinch taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga g‘oyat muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi.

O‘zbekiston bundan keyin ham bu qo‘shni mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklash, uning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlar tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’kidlamoqchiman”, – dedi Prezidentimiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarur