O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining yakkama-yakka uchrashuvidan so‘ng rasmiy delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibdagi muzokara bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning muhim masalalari ko‘rib chiqildi.

Dushanbe, 9 mart. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi.

Muzokarada uzoq muddatli aloqalarning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish va hamkorlikning barcha yo‘nalishlaridagi mavjud yuksak salohiyatni imkon qadar to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Bugun savdo iqtisodiy hamkorlik izchil va jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. 2017-yilda o‘zaro savdo aylanmasi 20 foiz o‘sib, 240 million AQSh dollarini tashkil qildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda tojikistonlik ishbilarmonlar ishtirokida 25 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish maqsadida Dushanbe va Toshkentda qo‘shma biznes-forumlar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. Ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida “Tojikiston – O‘zbekiston” ishbilarmonlar kengashi tuzildi.

Tomonlar yengil sanoat, oziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavotni qayta ishlash, tranzit uchun qulay sharoit yaratish, mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish kabi sohalarda atroflicha fikr almashdi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida mahsulot ayirboshlash hajmi imkoniyatlarga mos emasligi e’tirof etilib, ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini 500 million dollarga yetkazish uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Muzokarada qo‘shma korxonalar va savdo uylari tashkil etish, tashqi savdo infratuzilmalari va eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash, ikki tomonlama biznes-forum va sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalarini tashkil qilishni davom ettirish zarurligi qayd etildi. Dushanbe shahrida tashkil qilingan «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» ko‘rgazmasi va O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumiga yuqori baho berildi.

Oliy darajadagi uchrashuvda ta’kidlanganidek, ikki davlatning umumiy transport-kommunikatsiyaviy imkoniyati va tranzit salohiyatidan imkon qadar to‘la foydalanishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada hamkorlikni kengaytirish, ilgari amal qilgan avtomobil, temir yo‘l, havo qatnovi yo‘nalishlarini tiklash va yangilarini yaratish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Muzokarada tegishli vazirlik va idoralarga ikki tomonlama kelishuvlardan samarali foydalanish va hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ishbilarmonlarning bevosita aloqalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish kabi vazifalar topshirildi.

Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, xalqaro muammolarni hal etish, terrorizm va ekstremizm hamda boshqa turdagi uyushgan transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash sohalarida davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashdan O‘zbekiston ham, Tojikiston ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Ochiq muloqot, o‘zaro anglashuv ruhida o‘tgan muzokarada mintaqa davlatlari manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish, bu boradagi muammolarni hal etishda umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarga rioya qilish lozimligi ta’kidlandi.

Prezidentimizning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon ikki tomonlama munosabatlarning eng muhim masalalarini muhokama qildi