Prezidentimizning 2017-yil 27-martdagi "Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorida Jizzax shahrida adibning memorial muzeyini tashkil etish va muzey hududini obodonlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi.

Davlatimiz rahbari Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi oldidan qayta qurib bitkazilgan mazkur muzeyda bo‘lib, bu yerdagi ekspozitsiyalar va  yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Qurilish-ta’mirlash ishlari doirasida muzey binosi kengaytirildi, atoqli davlat arbobi va yozuvchining hayot yo‘li va ijodiga daxldor 2 ming 700 dan ortiq eksponat bilan ta’minlandi.

Muzeyga kiraverishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Hech shubha yo‘qki, Sharof Rashidov nomini o‘zbek xalqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sharof Rashidov o‘z xalqiga va Vataniga fidoyi farzand edi», degan so‘zlari bitilgan. Binoning ichki va tashqi qismi milliy me’morchiligimiz an’analari asosida bezatilib, anjumanlar zalida Sharof Rashidov faoliyatiga doir filmlarni namoyish etish imkoniyati yaratildi.

Muzey yoniga Sharof Rashidov davlat xizmati chog‘ida foydalangan poyezd vagoni o‘rnatildi. Undagi sharoit va buyumlar asl holicha saqlangan.

Muzeyda namoyish etilayotgan eksponatlar Sharof Rashidovning bolalik davri, talabalik yillari, muharrirlik davri, O‘zbekistonda cho‘l va qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, qurilish jarayonidagi faol ishtiroki, ijtimoiy-siyosiy va adabiy faoliyati hamda boshqa mavzularga bag‘ishlangan o‘nta bo‘limga ajratilgan.

Bo‘limlarda atoqli davlat arbobining fotosuratlari, dastxatlari tushirilgan kitoblar, yorqin xotirasiga oid turli buyumlar va boshqa ko‘plab eksponatlar namoyish etilmoqda.

Muzey Sharof Rashidov haqida to‘liq ma’lumot beradigan, u kishining ruhlarini sezadigan joy bo‘lishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Bu yerga o‘quvchi-yoshlarning muntazam tashrifini yo‘lga qo‘yib, turli tadbirlar o‘tkazish zarur.

Davlatimiz rahbari 2016 yil 18 noyabr kuni Jizzax viloyati saylovchilari vakillari bilan uchrashar ekan, 2017 yil xalqimizning otashqalb farzandi, atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludiga 100 yil to‘lishini qayd etib, ushbu qutlug‘ sanani butun mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, u kishi tug‘ilib voyaga yetgan Jizzax zaminida muhtasham yodgorlik majmuasi barpo etish taklifini o‘rtaga tashlagan edi.

O‘tgan qisqa vaqtda mamlakatimizning barcha hududlarida Sharof Rashidovning hayoti, mehnat faoliyati va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, anjumanlar uyushtirilmoqda, kitoblar chop etildi.

Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov  memorial muzeyi faxriy mehmonlar kitobiga o‘z fikr va taassurotlarini yozib qoldirdi.

Unda shunday so‘zlar bor: «Xalqimizning buyuk farzandi, atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov el-yurtimiz uchun fidoyi rahbar, betakror va benazir shaxs edi…

Har qanday murakkab sharoitda ham el-yurtimiz manfaatini o‘ylab yashagan Sharof Rashidovning buyuk xizmatlari xalqimiz xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

Bugun Jizzax shahrida ish boshlayotgan Sharof Rashidov memorial muzeyi ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi, deb ishonaman».

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Sharof Rashidov murakkab davrning matonatli shaxsi