Joriy yilning boshida qurilishi boshlangan mazkur uy-joylar bugun to‘liq yakuniga yetkazildi. Uy-joylar davlatimiz rahbarining 2016-yil 22-noyabrdagi «2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq qurib bitkazildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan uchrashuvda poytaxtimizdagi uy-joy muammosiga alohida e’tibor qaratgan edi. Uchrashuvda mutlaqo yangi dastur qabul qilingani, unga binoan 5 yil davomida poytaxtimizning har bir tumanida 20 tadan, jami 200 dan ortiq 7 va 9 qavatli, ko‘p xonadonli uy-joylar qurilishi, bu mavzelar barcha ijtimoiy obyektlar bilan ta’minlanishi, muhandislik tarmoqlariga ulanishi, uylar atrofi obodonlashtirilishini ta’kidlagan edi.

Mazkur dasturda belgilangan vazifalar ijrosiga to‘liq kirishilib, qisqa davr ichida yuqori natijalarga erishildi. Poytaxtimizning Sergeli tumanida ana shunday yangi massiv paydo bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari o‘tgan davr mobaynida qurilish ishlarining borishi bilan bir necha marotaba tanishdi, kerakli topshiriqlar berdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni mazkur uy-joylarni borib ko‘rdi.

Ilgari bu kabi uylar yillar davomida qurilar edi. Bugun quruvchilarimiz bu borada yetarli tajriba to‘plab, inshootlarni sifatli va tez qurib foydalanishga topshirmoqda.

13 gektar maydonda 66 ko‘p qavatli uy-joy qad rostlagan. 1, 2, 3 xonali bu uylar aholiga imtiyozli kreditlar asosida berildi. Uylar atrofida 240 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, 630 o‘rinli o‘rta ta’lim maktabi, 61-sonli oilaviy poliklinika, yopiq turdagi suzish havzasi, shahar militsiya bo‘linmasi, pochta va kitob do‘koni, dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari, velotrassalar barpo etilgan.

4.jpg

Bundan tashqari, mavzeda xizmat ko‘rsatish tarmoqlari tashkil etildi, yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bu uylarni birovlarga ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, aholi manfatlarini o‘ylab bunyod etmoqdamiz, dedi Prezidentimiz. Shunday ekan, binolarni zamon talablariga mos qilib qurish kerak. Bundan tashqari, uylarni saqlash, to‘g‘ri foydalanish ham burchimizdir. Bu borada shu yerda yashovchilarning mas’uliyatini oshirish, ularda uz uyi uchun javobgarlik hissini ko‘chaytirish lozim.

Prezidentimiz yangi qurilgan xonadonlarda bo‘ldi. U yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, uy sohiblari bilan dildan suhbatlashdi. Ularni yangi xonadon bilan tabriklab, sovg‘alar taqdim qildi.

Munavvar Kamolxo‘jayeva Uchtepa tumanidagi 75-o‘rta maktabning boshlang‘ich sinflariga dars beradi. Taqdir taqozosi bilan turmush o‘rtog‘i olamdan o‘tgan bu fidoyi o‘qituvchi uy-joyga ehtiyoji bois joriy yilning boshida ariza bilan tuman hokimligiga murojaat qilgan. Mazkur mavzeda qurib bitkazilgan arzon uy-joylardagi xonadonlardan biri unga berildi. Boshlang‘ich to‘lovini amalga oshirgan Munavvar opa bugun uy to‘yini nishonlamoqda.

Yangi uy sohiblari Prezidentimiz bilan suhbatda yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanini izhor etdi. Bu kabi uy-joylar oilalarga imtiyozli ipoteka kreditlari va soliq imtiyozlari asosida berilishi aholining kayfiyatini ko‘tarib, turmush darajasini oshirishda muhim omil bo‘layotganini qayd etdi.

Bu yerga ko‘chib kelayotganlarni ish bilan ta’minlash masalasi ham dolzarbdir. Kelajakda quriladigan korxona va ishlab chiqarish obyektlari bu uylarga yaqin joyda bo‘lishi muhim, dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz kelajakda quriladigan bu kabi uylarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi