O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni Samarqandga keldi.

Davlatimiz rahbari Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur majmuada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Prezidentimizning shu yil 25-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 2017-yil 31-avgust kuni poytaxtimizda, 2-sentabr kuni Samarqand shahrida mustaqil davlatimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning ulug‘vor haykallari ochildi.

Ayni paytda Islom Karimov dafn etilgan yodgorlik majmuasi hududida so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz 2017-yil 27-avgust kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida maqbara qurilishini yakuniga yetkazish, ziyoratchilar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, hududni obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.  O‘tgan vaqt mobaynida bu yerda keng qamrovli ishlar bajarildi. Natijada majmua yaxlit me’moriy ansamblga aylandi. Maqbara atrofida Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘un holda milliy uslubda ayvonlar barpo etildi. Ziyoratga chiqish va tushish yo‘laklari cheti marmar panjara bilan o‘raldi, qariyalar uchun zamonaviy liftlar o‘rnatildi.

Ziyoratga keluvchilarga yilning to‘rt faslida ham qulay bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Atrofdagi yo‘laklar ta’mirlanib, avtomobillar to‘xtash joyi barpo etildi. Qabriston devori rekonstruksiya qilinib, hududi yanada obodonlashtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari ziyoratgohga keluvchilar uchun katta qulayliklar yaratilganini ta’kidlab, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga tavsiyalar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi