Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga joriy yil yanvar oyida tashrif buyurgan edi. Oradan o‘n bir oy o‘tib davlatimiz rahbari yana Orolbo‘yiga keldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga joriy yil yanvar oyida tashrif buyurgan edi. Oradan o‘n bir oy o‘tib davlatimiz rahbari yana Orolbo‘yiga keldi. O‘tgan davr mobaynida Prezidentimiz rahnamoligida ushbu hududda amalga oshirilgan olamshumul ishlar aholi kayfiyatini ko‘tarib, ularni yangi marralar sari ilhomlantirmoqda.

O‘zA muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

Abdulla Karimov, Ellikqal’a tumanidagi «Soribiy limonariya» xususiy korxonasi rahbari:

– Davlatimiz rahbari joriy yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlar ijrosini ko‘rib, qalbimizda minnatdorlik va iftixor tuyg‘usi jo‘sh urmoqda.

Joriy yil sentabr oyida korxonamiz ishga tushdi. Korxonada tibbiy muolajalar uchun kislorod ishlab chiqariladi. Bugun mamlakatimizda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimizning tashabbusi bilan yaratilgan qulayliklar bizni yangi marralar sari ilhomlantirmoqda.

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlikka to‘siq bo‘lish davlat siyosatiga qarshi turish bilan barobar, degan so‘zlarini har bir tadbirkorlik subyekti peshtoqiga osib qo‘ysa arziydi.

Dilfuza Xo‘janova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Chimboy tumani bo‘limi shu’ba mudiri:

– Prezidentimizning tumanimizga tashrifi doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishgani sohaga qaratilayotgan katta e’tiborning yana bir ifodasi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari o‘zining chiqishlarida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘p bora ta’kidlamoqda.

Davlatimiz rahbarining "Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish uchun an’anaviy ta’lim xizmatlari bilan bir qatorda ta’lim olishning sifatli va ommabop muqobil imkoniyatlarini yaratadigan ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini jadal rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bugun bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Eng asosiysi, sifatli ta’lim va tarbiya tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Injigul O‘tarova, uy bekasi:

– Shavkat Mirziyoyevning Prezidentlik lavozimiga kirishganiga mana bir yil bo‘ldi. O‘tgan shu vaqt davomida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini hayotimizda his qilib turibmiz, ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borayapmiz.

Prezidentimiz o‘zlari bosh bo‘lib, xalq bilan muloqot qilmoqda, aholi dardini eshitib, ularning muammolariga yechim topmoqda. Birgina Nukus shahrida amalga oshirilgan ishlarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Bugun shahar butunlay o‘zgarib ketdi.

Olis Mo‘ynoq tumanida yashaydigan qarindoshlarimiz bilan gaplashganimizda Prezidentimiz o‘z so‘zining ustidan chiqib, u yerga toza ichimlik suvi olib borganini faxr va chuqur minnatdorlik bilan tilga oladi. Bu kabi ezgu ishlarni ko‘plab keltirishimiz mumkin.

Guljahon Seitnazarova, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibasi:

– Prezidentimiz BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Orol muammosini yana bir bor dunyo jamoatchiligi oldiga baralla olib chiqdi.

Orol mintaqamiz va butun xalqaro hamjamiyatning og‘riqli va dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari BMT yuksak minbarida Orol dengizining xaritasini ko‘rsatib so‘zlagan nutqini, ayniqsa, biz, Qoraqalpog‘iston ahli katta hayajon bilan kuzatdik.

Bu Prezidentimizning qoraqalpoq eli va zaminiga naqadar katta samimiyat bilan munosabatda ekanini yana bir bor namoyon etdi. Biz, har birimiz davlatimiz rahbarining tashabbuslariga doimo «labbay», deb javob berib, mamlakatimizdagi ulkan o‘zgarishlar jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lmog‘imiz darkor.

Bekmurza Sayitjonov, Chimboy tumani imom xatibi:

- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 21-aprel va 1-sentabr kunlari Hazrati Imom (Xastimom) majmuasiga tashrif buyurib mamlakatimizda muqaddas dinimizni, ulamolarimizning boy merosini o‘rganish, tarixiy obidalarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor o‘zlarining misollarida ko‘rsatdi.

Bugun Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilmoqda, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi bunyod etilmoqda, Sherobod tumanidagi Abu Iso Muhammad Termiziy, Qarshi tumanidagi Abul-Mu’iyn Nasafiy ziyoratgohlari va boshqa qadamjolarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Davlatimiz rahbari zimmamizga o‘ta mas’uliyatli vazifalar qo‘ymoqda. Jinoyatlarga qarshi kurashishda diniy soha vakillarini jonbozlik ko‘rsatishga, yoshlarning «ommaviy madaniyat» va boshqa zararli, dunyoqarashimiz va turmush tarzimizga to‘g‘ri kelmaydigan oqimlar xavfidan asrashda faol ishtirok etishga chaqirmoqda.

Biz davlatimiz rahbari amalga oshirayotgan islohotlarda faol ishtirok etish, yoshlarda Vatanga muhabbat, ona zaminga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shish uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasida: aholi qanday fikr bildirmoqda? (yangilandi)