Prezidentimiz Sergeli tumani ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi 50-shahar ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur ichki ishlar bo‘limining asosiy vazifasi tumandagi «Bunyodkor», «Mehrigiyo», «Habibiy», «O‘zgarish», «Choshtepa», «Jo‘nariq», «No‘g‘ayqo‘rg‘on» mahalla fuqarolar yig‘inlarida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, hududda jinoyat sodir etilishining oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, aholi o‘rtasida profilaktika tadbirlarini o‘tkazishdan iborat.

Bo‘limda navbatchilik qismi, texnik qo‘riqlash markazi, tezkor vakil, surishtiruvchi, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish inspektori, voyaga yetmaganlar va yoshlar bo‘yicha inspektor hamda mahalla profilaktika inspektori samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Ichki ishlar bo‘limi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Mavzedagi ko‘p qavatli uylarning 100 dan ortiq kirish yo‘lagi va 22 gavjum joyga videokuzatuv uskunalari o‘rnatilgan. Bu hududni tunu kun nazorat qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ularning oldini olishda o‘z samarasini beradi.

Prezidentimiz 50-shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan 15-noyabr kuni huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi quyi pog‘onada qanday aksini topayotgani yuzasidan muloqot qildi.

Hozirgi kunda eng katta masala – bu ichki ishlar tizimining quyi bo‘g‘inini mustahkamlashdan iborat, dedi Shavkat Mirziyoyev. Biz profilaktika inspektorlarining yashashi va ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratib berdik. Endi ularning salohiyatini, mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorligini kuchaytirish zarur. Bundan keyin har bir mahalladagi profilaktika inspektori o‘rniga uch nafar eng professional xodim saralab olib biriktiriladi. Shunday qilsak, ular o‘rtasida raqobat paydo bo‘ladi, odamlarning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlaydigan chinakam samarali tizim yaratiladi.

Davlatimiz rahbari zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan avtotransport vositasida shubhali shaxslarning suratini olish va ularni aniqlash bo‘yicha o‘rnatilgan tizimning ishlash jarayonini ko‘zdan kechirdi. Toshkent shahrida ichki ishlar bo‘limlari uchun shunday maskanlar qurish va ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Mahalla bilan profilaktika inspektori hamkorligini kuchaytirmasdan jinoyatchilikka qarshi samarali kurashib bo‘lmaydi