O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Farovon” mehmonxonasining qurilish uchastkasida bo‘ldi.

Xiva shahri Amir Temur ko‘chasida qurilishi rejalashtirilgan ushbu mehmonxona qadimiy me’morchilik uslubida 3 qavatli qilib bunyod etiladi. Unda turli darajadagi mehmonlarga mo‘ljallangan xonalar, konferensiya zallari, sport maydonchalari, restoranlar, ko‘ngilochar maskanlar va boshqa imkoniyatlar bo‘ladi. Mehmonxonaga fransiyalik ishbilarmonlar investitsiya kiritadi.

Bu yerga kelishimizning asosiy maqsadlaridan biri Xivani turistik zonaga aylantirish bo‘yicha qilayotgan sa’y-harakatlarimizni yana bir bor tahlil qilishdan iborat, dedi davlatimiz rahbari. Turizmni rivojlantirish uchun avvalo sayyohlarga sharoit yaratish zarur. Shu maqsadda kelgusi uch yilda Xivada 20 ga yaqin mehmonxona quriladi. Bu mehmonxona besh yulduzli, mamlakatimizdagi eng yaxshi mehmonxonalardan biri bo‘ladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xivada besh yulduzli mehmonxona quriladi