Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.04.2017 13:12 Chop etish versiyasi

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi.

Islom Karimov ruhiga Qur’on tilovat qilindi.

Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bu borada izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, maqbara granit va marmar bilan qoplanadi, naqshlar bilan bezatiladi, Qur’on oyatlari bitiladi. Ziyoratchilar uchun ayvon, keksalar uchun liftlar bunyod etiladi. 

Davlatimiz rahbari ushbu maqbara loyihasi bilan tanishdi. Uni yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Zinalarni pasaytirish, majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Islom Karimov mustaqilligimizga, xalqimizning farovon hayotiga asos solgan, ma’naviyatimizni tiklagan buyuk inson edi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Majmuada Birinchi Prezidentimizning buyukligi, pok iymon-e’tiqodi, sermazmun hayoti aks etishi kerak. Shu majmua timsolida Islom Karimovga bo‘lgan mehr-muhabbatimizni, milliy o‘zligimizni ko‘rsatishimiz zarur.

Davlatimiz rahbari Birinchi Prezidentimiz maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘un bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Maqbaraga monand ziyoratchilar uchun baland ayvonlar bunyod etish, rasmiy delegatsiyalar uchun ham keng sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu majmua yuksak ma’naviyat, ilm-ma’rifat maskani bo‘lishi kerak. Binobarin bu yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega. Majmuada hamisha mayin ohangda Qur’on suralari yangrab turishi, maqbara devorlariga muqaddas oyatlar bilan birga Islom Karimovning hikmatli so‘zlari ham bitilishi zarur. Toki ziyoratga kelganlar o‘ziga ulkan ruhiy quvvat olsin, xalqimizning ilmiga, ma’naviyatiga havasi ortsin.

Anvar Samadov, Farhod Qurbonboyev (surat), O‘zA
3 418






Все о погоде - Pogoda.uz