Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Kattaqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, Kattaqo‘rg‘on suv ombori havzasida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga, aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda baliqchilik, parrandachilik, quyonchilik va boshqa turdagi xo‘jaliklar tobora rivojlantirilmoqda.

“Kattaqo‘rg‘on jayxun” fermer xo‘jaligi va “Kattaqo‘rg‘on baliqchilik” xususiy korxonasi tomonidan karp, oq amur, xitoy koyasi, oq va chipor do‘ngpeshona hamda boshqa turdagi baliqlarni, shuningdek, baliq chovoqlarini yetishtirishda Vetnam texnologiyasidan foydalanish mo‘ljallangan. Ushbu ilg‘or texnologiya samaradorlikni besh barobargacha oshirishi bilan ahamiyatlidir. Hududda baliq mahsulotlarini qayta ishlash ham rejalashtirilmoqda.

Loyihani hayotga tatbiq etish uchun 5,1 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi va natijada baliqchilik xo‘jaliklariga yiliga 2 million dona chavoq, 500 million dona lichinka, ming tonna omixta yem yetkazib beriladi. 400 tonna baliq qayta ishlanadi, 200 tonna qadoqlangan, 50 tonna dudlangan baliq mahsulotlari aholi iste’moli uchun yo‘naltiriladi.

Xo‘jalikda 40 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Davlatimiz rahbari Payariq, Samarqand tumanlarida “Maroqand baliq sanoat agro” agrofirmasi va “Oq amur baliqlari” fermer xo‘jaligi tomonidan “Ipoteka-bank” bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirdi. Mazkur loyihaga ko‘ra 450 gektar suv maydonida baliq chavoqlarini ko‘paytirish va baliq mahsulotlarini qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu ishlarni istiqbolli tashkil etish uchun 12 milliard so‘m mablag‘ jalb etiladi.

Loyihaning ishga tushurilishi natijasida baliqchilik xo‘jaliklariga 10 million dona chavoq, 300 tonna omixta yem yetkazib beriladi, 500 tonna baliq qayta ishlanadi. 300 tonna qadoqlangan, 50 tonna dudlangan baliq mahsulotlari xalq iste’moli uchun bozorlarga chiqariladi.

Loyihada 50 kishini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Prezidentimiz mazkur loyihalar bilan tanishar ekan, xalqimiz “luqmai halol” deb ta’riflaydigan baliq yetishtirishni yanada oshirish, bunda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish, mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga, balki eksportga ham yo‘naltirish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatida suv resurslaridan unumli foydalanish, suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihalarini ko‘zdan kechirdi.

Viloyatda so‘nggi yillarda bir necha yirik suv inshootlari qurildi. Urgut tumanida “Kamangaron”, Qo‘shrabot tumanida “Oqchobsoy” suv omborlari, Nurobod tumanida “Omondara” suv to‘g‘onining barpo etilishi xududlarda suv resurslarini boshqarishda samaradorlikni yanada oshirdi, minglab gektar maydonlarda suv tanqisligining oldini oldi.

Kelgusi uch yilda viloyatda 55 nasos stansiyasini to‘liq ta’mirlash rejalashtirilgan. Natijada 60 ming 619 gektar maydonda suv ta’minoti yaxishilanadi, har yili 29,9 million kVt soat elektr energiyasi hamda 720 million so‘m ekspluatatsiya xarajatlari iqtisod qilinib, 6,4 milliard so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi. Loyiha xarajatlari 6-7-yilda to‘liq qoplanadi.

Suvni samarali ishlatish mintaqamizdagi dolzarb masalalardan biri, dedi Prezidentimiz. Shu bois ushbu resursdan foydalanishni ilg‘or talablar asosida tashkil etish lozim.

Nasos stansiyalari va kanallarni sifatli ta’mirlash, bunda energiya tejovchi, jahon standartlariga javob beruvchi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari viloyatda 2017-yilda moliyalashtirilishi ko‘zda tutilayotgan yirik chorvachilik loyihalari bilan tanishdi.

Viloyatda joriy yilda “Chortut”, “Chorva sut servis” fermer xo‘jaliklari, “Naslli chorva import”, “Samarqand milk”, “Aykan savdo”, “Chorva nasl birlashma” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan bir qator loyihalar amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda. Natijada ushbu korxonalarda yiliga 14 ming 250 tonna sut, 875 tonna go‘sht mahsulotlari ishlab chiqariladi, 230 ish o‘rni yaratiladi.

Prezidentimiz viloyatda parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Mamlakatimizda ichki iste’mol bozorini arzon va sifatli parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Urgut tumanida “Cho‘ponota parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida parrandalar ozuqasini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi hudududa faoliyat olib boradigan mazkur korxona 3 million AQSh dollari qiymatiga ega. U 2018-yilning birinchi choragida ishga tushiriladi. Natijada viloyatdagi parrandachilik xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida boqilayotgan parrandalar uchun yiliga 8-10 ming tonna ozuqa mahsulotlari yetkazib beriladi.

Loyihada 30 ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

“Afrosiyob parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan parrandachilik, baliqchilik va chorvachilik xo‘jaliklari uchun omixta yem ishlab chiqarish loyihasi taqdim etilmoqda.

Loyihaga muvofiq, korxonaga soatiga o‘n tonna komponentlari elektron aniqlik bilan dozalashtirilgan yuqori sifatli omixta yem ishlab chiqarish quvvatiga ega Gollandiya texnologiyasini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Tayyor mahsulotlar mamlakatimizdagi xususiy tadbirkorlar va aholi ehtiyojlari uchun, shuningdek, eksportga yo‘naltiriladi.

“Zarafshon parranda” xususiy ishlab chiqarish tijorat firmasi loyihasi ko‘ra, Jomboy tumanidagi "Sarichashma" mahalla fuqarolar yig‘ini Mang‘it qishlog‘ida 39 gektar hududda jo‘ja va tuxum yetishtirish kompleksi tashkil etiladi. Bunga 12 milliard so‘m mablag‘ jalb etish mo‘ljallangan.

Loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga 5 million dona jo‘ja aholi xonadonlari va parrandachilik korxonalariga yetkazib beriladi.

“Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligi tomonidan Tayloq tumani Payshanbasiyob qishlog‘idagi o‘n gektar hududda parranda boqish va parranda go‘shti yetishtirish rejalashtirilgan.

Loyihaga 3 million 518 ming AQSh dollari sarflanadi.

Korxonada yiliga 800 ming dona parranda boqish va 12 ming tonna parranda go‘shti yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Yetishtirilgan mahsulot ichki bozorga chiqariladi, muayyan qismi eksport qilinadi. Ushbu loyiha 60 yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Samarqand viloyatida keyingi yillarda kurkachilik ham izchil rivojlanib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda hayotga tatbiq etilayotgan kompleks chora-tadbirlar kurkalarni ilg‘or texnologiyalar asosida ko‘paytirish, boqish, tuxumlarni sifatli saqlash imkonini bermoqda.

“Maroqand parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaga muvofiq yiliga 3 million dona tuxum va 2 million dona kurka jo‘jasi yetishtiriladi. Loyihaga 39,6 milliard so‘m ajratilishi mo‘ljallangan.

Prezidentimiz mazkur loyihalar bilan tanishar ekan, viloyatda parrandachilikni rivojlantirish uchun tabiiy iqlim, xomashyo va ishchi kuchi mavjudligini ta’kidladi. Ulardan unumli foydalanish, tarmoq tadbirkorlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash – asosiy vazifalarimizdan