Bugun Sergeli tumanining 6-mavzesi ulkan qurilish maydoniga aylangan. Bu yerda 66 ta 7 qavatli uy bunyod etilmoqda. Ular Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi. Mazkur turar joylar tufayli 2 ming 500 dan ziyod oila yangi uyga ko‘chib o‘tadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 10-iyul kuni mazkur uy-joylar qurilishi bilan tanishdi.

Mamlakatimizning barcha shaharu qishloqlarida olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari xalqimizning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlamoqda. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 22-noyabrdagi «2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur qaror asosida qurilayotgan uy-joylar shaharda yashayotgan aholini, jumladan, yosh oilalar, uyga muhtoj fuqarolarni arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Qarorga muvofiq, 2017-2020-yillarda mamlakatimiz shaharlarida 945 ko‘p qavatli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. 2017-yilda 191 ko‘p qavatli uy qurilishi belgilangan. Shundan 102 tasi Toshkent shahrida bunyod etilmoqda.

Sergeli tumanidagi qurilish ishlari uchta maydonda olib borilmoqda. 6-mavzedagi 66 ta yetti qavatli uy mustaqilligimizning 26-yilligi bayrami arafasida o‘z egalariga topshiriladi. Boshqa maydonlardagi 36 ta ko‘p qavatli uyni qurish ishlari ham boshlab yuborilgan.

Uylar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan zamonaviy qilib barpo etilmoqda. Shuningdek, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, dam olish joylari, poliklinikalar, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari va infratuzilmaning boshqa obyektlari qurilishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz ushbu uylardan biriga kirib, bu yerda yaratilayotgan sharoitlar bilan qiziqdi.

Mamlakatimizda aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha zamonaviy tizim yaratildi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu odamlarning ko‘p yillik orzu-istaklarini ro‘yobga chiqaradigan muhim yo‘nalish. Bu ishlarni o‘z vaqtida boshlamaganimizda shunday natijaga erisha olarmidik.

Davlatimiz rahbari sohadagi ishlarni yana bir bor tanqidiy ko‘rib chiqish, odamlar hayoti uchun yaratilayotgan qulayliklarni yanada oshirish, bunda masalaning har bir jihatiga e’tibor berish zarurligini ta’kidladi.

Qurilish tashkilotlarining moddiy-texnik va kadrlar salohiyatini kuchaytirish, massivlarda manzarali daraxtlar va gullar ekish, shaharsozlik madaniyatini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Bu yerga ko‘chib keladigan aholining dunyoqarashini boyitish va mas’uliyatini oshirish, ayollar va yoshlar uchun ish joylari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda Sergeli tumanini kompleks rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar namoyish etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergeli tumanida 2 ming 500 dan ziyod oila Mustaqillik bayramini yangi uyda kutib oladi