Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.04.2017 14:41 Chop etish versiyasi

Samimiy va o‘zaro ishonch ruhidagi uchrashuv

Samimiy va o‘zaro ishonch ruhidagi uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi.

Dmitriy Medvedev Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifidan minnatdor ekanligini bildirdi.

– O‘zbekiston Rossiyaning eng ishonchli hamkorlaridan biri, – dedi Dmitriy Medvedev. – Ikki davlat turli sohalarda ishonchli hamkorlik qilib kelmoqda. Sizning tashrifingiz davomida juda katta loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan. Men tashrifingiz samarali bo‘ladi va ikki do‘st davlatning hamkorligida yangi sahifa ochiladi, deb ishonaman.

– Sankt-Peterburgda ro‘y bergan mash’um voqea munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qilgaysiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. –Terrorizm chegara bilmaydigan xavfdir, shu bois unga qarshi kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim.

Prezidentimiz ushbu tashrif o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanligini ta’kidladi.

– Bugungi muloqotlarimiz ko‘p sohalardagi hamkorligimizda yangi davrni boshlab berishiga ishonaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Abu Bakir O‘rozov, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA
541






Все о погоде - Pogoda.uz