Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

31.12.2017 19:59 Chop etish versiyasi

Samimiy qutlovlar

Yangi – 2018-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar rahbarlari va jamoat arboblaridan Prezidentimiz va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti – Vladimir Putin

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi – Si Szinpin

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti – Nursulton Nazarboyev

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti – Sooronbay Jeenbekov

Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon

Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti – Ilhom Aliyev

Belarus Respublikasi Prezidenti – Aleksandr Lukashenko

Koreya Respublikasi Prezidenti – Mun Chje In

Yaponiya Bosh vaziri – Sindzo Abe

Buyuk Britaniya Bosh vaziri – Tereza Mey

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti – Frank-Valter Shtaynmayer

Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri – Angela Merkel

Ispaniya Bosh vaziri – Mariano Raxoy

Italiya Respublikasi Prezidenti – Serjio Mattarella

Slovakiya Respublikasi Prezidenti – Andrey Kiska

Sloveniya Respublikasi Prezidenti – Borut Paxor

Polsha Respublikasi Prezidenti – Andjey Duda

Norvegiya Qiroli – Xarald V

Yevropa Kengashi Raisi – Donald Tusk

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti – Muhammad Ashraf G‘ani

Eron Islom Respublikasi Prezidenti – Hasan Ruhoniy

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti – Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Mo‘g‘uliston Prezidenti – Xaltmaagiyn Battulga

Isroil Davlati Bosh vaziri – Binyamin Netanyaxu

Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisi – Dmitriy Medvedev

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi – Valentina Matviyenko

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri – Li Ketsyan

Butunxitoy xalq vakillari kengashining Doimiy qo‘mitasi raisi – Chjan Detszyan

Yangi Zelandiya General gubernatori – Petsi Reddi

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti va Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi – Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi – Rashid Alimov

NATO Bosh kotibi – Yens Stoltenberg

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori – Yevgeniy Sisoyev

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori – Joze Gratsianu da Silva

BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari – Natalya German

MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi Bosh kotibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi – Sergey Antufev

Aviatsiya bo‘yicha davlatlararo kengash prezidenti, Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi raisi – Tatyana Anodina

"Mir" davlatlararo teleradiokompaniyasi raisi – Radik Batirshin

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti – Shinichi Kitaoka

Xalqaro bolalar fondlari assotsiatsiyasi Prezidenti – Albert Lixanov

Kasaba uyushmalari umumiy konfederatsiyasi bosh kotibi – Vladimir Sherbakov

Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti, O‘rta Osiyo mitropolit okrugi rahbari – Vikentiy



BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili – Helena Freyzer

Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti direktori – Viktor Matveyev

Rossiya neft-gaz sanoatchilari uyushmasi kengashining raisi – Yuriy Shafranik

«LUKOYL» neft-gaz kompaniyasi prezidenti – Vagit Alekperov

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori – Viktor Grishin

Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari – Eduards Stiprays

Siemens konserni Prezidenti va Bosh direktori – Jo Kezer

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

O‘zA
5 936