Yig‘ilishda atmosfera havosini muhofazalash bo‘yicha qonunchilik talablarini amalga oshirish mexanizmini va xalqaro huquqiy shartnoma, konvensiyalarning qoidalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish, huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshiruvchi protsessual mexanizmlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlari guruhi hamkorligida "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi B.Alixonov va boshqalar xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarda tabiatning musaffoligini asrash, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ishlab chiqarish jarayoniga ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Qonun loyihasida fan-texnikaning rivojlanishini, maqbul texnologiyalar va xalqaro tajribaning joriy etilishini hisobga olgan holda doimiy va ko‘chma ifloslantiruvchi manbalardan chiqarilayotgan zararli moddalarga ekologik normativlar hamda yoqilg‘ilarning ekologik ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablarni bosqichma-bosqich kuchaytirib borish ko‘zda tutilgan.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi va amaliyotga joriy etilishi sohadagi davlat siyosati va boshqaruvining asosiy yo‘nalishlarini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari chegaralarini belgilashda, havo musaffoligini saqlashda mahallalar, jamoat tuzilmalarining faolligini ta’minlash va boshqa yo‘nalishlarda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan majlisida mamlakatimizni barqaror rivojlantirish va modernizatsiya qilish sharoitlarida kadrlar tayyorlashning joriy holati, 11-yillik ta’limni joriy etish, kollejlarda ta’limni isloh etish borasidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi.

"Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari N.Umarov, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sh.Tursunboyev, xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasini tubdan isloh etishda ota-onalar, pedagoglar, yoshlarning fikrini inobatga olgan holda ilg‘or tashabbuslar amaliyotga joriy etilayotganini ta’kidladi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’limni bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda isloh etish muhim vazifa sifatida belgilangan.

Mazkur islohotlar samarasida yurtimizda umumiy o‘rta ta’lim sohasida 11-yillik ta’lim tizimi joriy etildi. Barcha joylarda ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilayotgani, davlat ta’limi bilan birga nodavlat ta’lim tizimi ham rivojlantirilayotgani sifatli bilim berishni kafolatlashga qaratilgan. Kasb-hunar ta’limining yangi mexanizmlarini joriy etishga jiddiy yondashilmoqda. Akademik litseylar optimallashtirilib, ulardagi ta’lim mazmuni va sifatini tubdan oshirish yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rilmoqda. Oliy ta’lim maskanlariga talabalar qabul qilishning yangi shakllari joriy etilgani hisobiga ko‘plab yoshlarning oliy ta’lim olishiga sharoit yaratildi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv jarayonining tashkil etilgani, chekka va olis hududlar uchun qishloq xo‘jaligi, tibbiyot ta’limi kabi yo‘nalishlarda maqsadli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Majlisda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirishda sohaga oid qonunlarni inventarizatsiya qilib borish, tizimdagi islohotlarga hamohang tarzda qonunchilikni takomillashtirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Qo‘mita tomonidan ta’lim tizimidagi islohotlarning borishi yuzasidan parlament va deputatlik nazoratini olib borish bo‘yicha muayyan vazifalar belgilanib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunchiligimiz mukammalligi yo‘lida