Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.09.2017 13:40 Chop etish versiyasi

Prezidentlar Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Ikki davlat ishbilarmonlari uchun o‘ziga xos maydonga aylangan ushbu ko‘rgazmadan avtomobilsozlik, neft-gaz, elektrotexnika, yuqori texnologiyalar va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari o‘rin olgan.

Prezidentlar ekspozitsiya bilan tanishar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko‘rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. Ikki mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarining kengaytirilishi ishlab chiqarish jarayoni takomillashishiga va mahsulotlarning yanada ommaviylashishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

O‘zA
2 975






Все о погоде - Pogoda.uz