Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2017 17:48 Chop etish versiyasi

Prezidentimiz iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

Prezidentimiz iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi “Roison Home White Goods” O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi.

Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni sohada yangi bosqichni, yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Chilonzor tumanidagi sobiq "Algoritm" zavodi hududida tashkil etilgan “Roison Home White Goods” qo‘shma korxonasining umumiy yer maydoni qariyb 23 gektar, bino va inshootlar maydoni 9,7 gektar. Hozir bu yerda 50 dan ortiq tadbirkorlik subyekti maishiy texnikalar, to‘qimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari, mebel, qog‘oz buyumlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallni qayta ishlash bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.

Shu yerda Chilonzor tumanida amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.
     
 Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanib, mahsulotlar sifatini oshirish, eksport faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Mutasaddi rahbarlarga tadbirkorlik faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash, investitsiya jalb qilish va kreditlar ajratish, eksportni rag‘batlantirish kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Umar Asrorov, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
460






Все о погоде - Pogoda.uz