Davlatimiz rahbari Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Chimboy tumanidagi akademik litseyiga tashrif buyurdi.

Shu yerda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirish borasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar taqdim etildi.

Prezidentimiz mazkur soha istiqbolini yuqori baholab, bu borada mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish kerakligini qayd etdi.

Paxtani foyda bersa ham, foyda bermasa ham ekaverish vaqti o‘tdi. Daromad bermadimi, boshqa ekin ekish kerak. Masalan, qizilmiya bu yer iqlimi va sharoitiga mos keladi. Shunday ekan, nima uchun uni ko‘paytirishni yo‘lga qo‘ymasligimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Chimboy tumanidagi «Lanextrakt» qo‘shma korxonasida qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqariladi. Korxonada yiliga 30 ming tonna qizilmiya ildizi qayta ishlanib, 1,3 ming tonna ekstrakt tayyorlanadi. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonada 200 ish o‘rni yaratilgan.

Prezidentimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasida farmatsevtika plantatsiyalarini tashkil etish va yetishtirish loyihasi bilan ham tanishdi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3- maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlari va resurslar salohiyatidan samarali foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida 2018-2019-yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar doirasida 37 turdagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqariladi va ularning ma’lum qismi eksport qilinadi.

Nukus shahridagi «Nukus Med Tex» MChJ tomonidan tibbiy buyumlar, «Berlin farm» MChJ tomonidan onkologik dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. To‘rtko‘l tumanidagi «To‘rtko‘l shisha idishlari» MChJda farmatsevtika shishi idishlari tayyorlanadi.

Prezidentimizga shu kabi farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar taqdim qilindi.

Shuningdek, loyihalarda selluloza ishlab chiqarish haqidagi ma’lumot ham o‘rin oldi. Ikki bosqichda amalga oshiriladigan mazkur loyiha qog‘oz ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘sh turgan va kam quvvat bilan ishlayotgan bino va maydonlar xatlovdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumot asosida yangi korxonalarni ishga tushirish ko‘zda tutilgayotani qayd etildi. Shuningdek, loyihalarda kam ta’minlangan oilalarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar o‘rin olgan.

Davlatimiz rahbari Chimboy tumani faollari, ziyolilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda bugun dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, aholini qiynayotgan masalalar, ta’lim, tibbiyot tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz Chimboy tumanidagi akademik litseyda bo‘ldi