Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2017 15:22 Chop etish versiyasi

Prezidentimiz Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari, ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurdi

Prezidentimiz Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari, ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurdi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari Chilonzor tumanidagi “Rele va avtomatika” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizning barcha hududlari kabi poytaxtimizda ham sanoatni jadal rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha ulkan maqsad va vazifalar belgilangan. Prezidentimiz rahbarligida bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 3-fevral va 25-mart kunlari Toshkent shahridagi sanoat obyektlariga tashrif buyurib, ulardan samarali foydalanish, korxona va tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bugungi kunda ushbu obyektlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilmoqda.

Chilonzor tumanidagi “Rele va avtomatika” aksiyadorlik jamiyatining umumiy yer maydoni 3,91 gektar, ishlab chiqarish maydoni 2,26 gektar. Bu yerda yuzga yaqin turdagi metall va plastmassa buyumlar, past kuchlanishli qurilmalar tayyorlanmoqda, shu yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Hududda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma mavjud.

Jamiyatning bo‘sh turgan binolari negizida texnopark tashkil etilib, 2017-2018-yillarda 10 investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar natijasida bu yerda kassa va terminal uchun qog‘ozlar, trikotaj mahsulotlari, gidravlika moylari, plastik truba va fitinglar, propilen qoplar, mebel, akril va kanselariya tovarlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Davlatimiz rahbari bu yerda import tovarlarni mahalliylashtiradigan, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Anvar Samadov, Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA
4 970






Все о погоде - Pogoda.uz