O‘zA O`zbek

19.05.2018 19:01 Chop etish versiyasi

Prezidentimiz Asaka tumanidagi zamonaviy issiqxona majmuasini borib ko‘rdi

Prezidentimiz Asaka tumanidagi zamonaviy issiqxona majmuasini borib ko‘rdi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Asaka tumanida “Sabo hamkor” MCHJ tomonidan gidroponika usulida barpo etilgan zamonaviy issiqxonalar bilan tanishdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan jahon bozori kon’yukturasi talabidan kelib chiqib mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada oshirish, ichki bozorni yil davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashni tizimli ravishda tashkil etish va yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Asaka tumani “Qipchoq” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan mazkur issiqxona kompleksi ushbu maqsadlarga xizmat qiladi.

412ac6f4-704c-883c-5fa2-54baad10edba.jpg

Davlatimiz rahbarining o‘tgan yili 2 iyunda Andijon viloyatiga tashrifi davomida tumandazamonaviy issiqxona tashkil etish loyihasi taqdimoti o‘tkazilgan edi. Shunga muvofiq “Asaka” bank tuman filialidan 1,5 million dollar mablag‘ ajratilib, 5,8 gektar maydonda intensiv usulda banan va pomidor yetishtiriluvchi 2 ta issiqxona barpo etildi. Turkiyaning “Asya Modern Serachilik” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ushbu mablag‘ evaziga xorijdan issiqxona uskunalari olib kelindi.

“Sabo hamkor” MCHJ tomonidan bu yerga qo‘shimcha 500 ming dollar sarflanib, umumiy qiymati 2 million dollarlik loyiha joriy yil mart oyida to‘liq ishga tushirildi.

c9561b6c-908c-99a0-e138-c183624279e3.jpg

Pomidor ko‘chatlari ekilgan 1 gektarlik issiqxonadan joriy yilda 300 tonnahosil olish va qo‘shni davlatlarga eksport qilish mo‘ljallanmoqda. 2 gektarda tashkil etilgan issiqxonada 5 ming tup banan ko‘chati parvarishlanmoqda. Banandan birinchi mavsumda 250-300 tonna hosil olish kutilmoqda. Loyiha amalga oshirilishi natijasida bu yerda 40 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Prezidentimiz eksperiment tarzida banan yetishtirilayotgan issiqxonani ko‘zdan kechirdi. Ushbu zamonaviy issiqxonamajmuasini kengaytirish, mahsulotni qayta ishlash va saqlash sharoitini yaratish, hosildorlikni oshirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Davlatimiz rahbariga issiqxonalarning kompyuter orqali boshqariluvchi sovutish va mo‘tadil iqlim yaratuvchi sug‘orish tizimi haqida ma’lumot berildi.Zamonaviy texnologiya issiqxonalarga o‘z vaqtida kerakli harorat, mineral o‘g‘it va namlik berishni boshqaradi. Issiqxonalar tepasiga ochilib-yopiluvchi tizim o‘rnatilgan bo‘lib, u ham avtomatik tarzda boshqariladi. Turkiyalik hamkorlar ko‘chatlar parvarishi va jarayonni nazorat qilib borish uchun agronomlarni jalb qilgan.Shuning hisobiga 2-3 oyda yetiladigan pomidor hosilini 1-1,5 oyda olish,banandan esa ikki yilda uch marta hosil yetishtirish imkoni yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev kam mablag‘ va ish kuchi sarflab yuqori hosil olish imkonini beruvchi bunday issiqxonalar aholini yil davomida qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va eksport hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Matnazar Elmurodov, O‘zA
8 272