O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.

Davlatimiz rahbarining qutlovida XXR Raisining qayta saylangani hamda Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 13-chaqiriq birinchi sessiyasida qabul qilingan tarixiy qarorlar Xitoyni har tomonlama rivojlantirish, xalqaro siyosiy va iqtisodiy maydonda uning nufuzli va taraqqiy etgan davlat sifatidagi o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash, global miqyosda, shu jumladan bizning mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilishiga ishonch bildirilgan.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, avvalo XXR Raisining shaxsiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi tufayli eng yuksak – strategik sheriklik darajasiga chiqqani, amalda har tomonlama o‘ylangan va o‘zaro manfaatli xususiyat kasb etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Hukumatlar, vazirlik va idoralar, ishbilarmon, moliyaviy va ilmiy doiralar o‘rtasidagi uzoq muddatli va ko‘p qirrali hamkorlik faol rivojlanmoqda.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida sanoat, energetika, transport-kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, bank-moliya va ko‘plab boshqa sohalarda yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatlarimiz xalqlarini har tomonlama yaqinlashtirish va o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan mintaqalararo va madaniy-gumanitar aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotgani tahsinga sazovor, deyilgan davlatimiz rahbarining qutlovida.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi