Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.12.2017 13:08 Chop etish versiyasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-4» xalqaro yo‘lovchi terminali loyihasi bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari 2-dekabr kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga muvofiq bu yerda «Toshkent-4» xalqaro yo‘lovchi terminali qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda yangi inshoot loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari takomillashtirildi.

Loyiha O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning bank va jamg‘armalari hisobidan moliyalashtiriladi. Yangi xalqaro aeroportda soatiga 1 ming 500 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Prezidentimiz mablag‘lardan samarali foydalanish, qurilish ishlarini boshlash uchun hududni tayyorlash va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Davlatimiz rahbari xalqaro yo‘nalishlarda uchib kelayotgan yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi, qayta qurilayotgan kutish zalini ham borib ko‘rdi. Bu yerda zamonaviy mehmonxona qurish, axborot texnologiyalari asosida zamonaviy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Aeroport O‘zbekistonning ostonasi. Shu bois bu yerda mehmonlar uchun barcha sharoit va qulayliklar bo‘lishi kerak, dedi Prezidentimiz.

Anvar Samadov, O‘zA
1 418






Все о погоде - Pogoda.uz