Davlatimiz rahbari Sergeli tumani 6-A mavzesida barpo etilgan 61-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Uch qavatli, 250 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinikada ultratovush tashxisi, raqamli rentgen, elektrokardiograf, fizioterapiya, klinik va biokimyo laboratoriya bo‘limlari, kunduzgi shifoxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Terapevt, pediatr, jarroh, otolaringolog, okulist, nevrolog, immunolog kabi tor soha mutaxassislari tomonidan aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Oilaviy poliklinikadagi asosiy yangiliklardan biri – bu bemorlar navbatga yozilishi uchun elektron tizim joriy qilinganidir. Ya’ni bemor shifokor qabuliga poliklinikaga kelmasdan turib, internet yoki telefon orqali ro‘yxatxonada o‘rnatilgan tizim yordamida navbatga kiritiladi. Bu ortiqcha ovoragarchilik va vaqt sarflanishining oldini oladi.

Prezidentimiz ushbu tizimni 61-oilaviy poliklinika misolida namunaviy qilib poytaxtimizdagi barcha birlamchi tibbiyot muassasalariga joriy etish yuzasidan topshiriqlar berdi. Tibbiyot sohasidagi islohotlar, avvalo, oilaviy poliklinikalarga chuqur kirib borishi, ushbu maskanlar aholining salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha faoliyat yuritishi, qaysi kasalliklar kamaygani, qaysilari erta aniqlanib davolanayotgani bo‘yicha muntazam axborot berilishi lozimligi qayd etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy poliklinikalarda navbatga yozilish uchun elektron tizim joriy qilinadi