Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.12.2017 16:35 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda joriy yilning 10 oyi davomida sudlar tomonidan 191 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida buni alohida ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari joriy yilning 10 oyi davomida sudlar tomonidan 191 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarilganini, holbuki, ilgari bitta oqlov hukmi chiqarish ham sudlar faoliyatida o‘ta kam uchraydigan hodisa bo‘lganini qayd etdi.

Tergovning sifati yaxshilanib, tergovchilar mas’uliyati oshirildi. Xususan, shu davr mobaynida tergov organlari tomonidan 238 ta holatda jinoiy hodisa yuz bermagani aniqlandi. 302 ta holatda javobgarlikka tortish muddati o‘tgani, 370 ta holatda aybdorlar qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgani inobatga olindi. 549 ta holatda qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgani, 1 636 ta holatda qilmishda jinoyat tarkibi yo‘qligi isbotlandi. Ana shunday asoslarga tayanib, 3,5 mingdan ortiq jinoyat ishi tugatildi, dedi Prezidentimiz.

O‘zA
5 145