Mamlakatimizda bo‘lib turgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi A.Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 4-oktabr kuni Toshkent islom universitetiga tashrif buyurdi.

O‘zbekistonda din va e’tiqod erkinligi, diniy bag‘rikenglik to‘liq ta’minlangan. Yurtimizda yashayotgan turli millat va din vakillarining emin-erkin e’tiqod qilishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 19-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" nomli maxsus rezolutsiyasini qabul qilish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslari bu boradagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichda davom ettirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda yosh avlodga muqaddas dinimizning asl mohiyatini o‘rgatishda Toshkent islom universiteti muhim o‘rin tutadi.

Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitetda nashr etilgan ilmiy-ommabop adabiyotlardan iborat ko‘rgazma bilan tanishdi. Universitet Manbalar xazinasida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlar, tarixiy manbalar, xattotlik namunalarini ko‘zdan kechirdi.

Universitetda tashkil etilgan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti – ISESCOning “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish” kafedrasi faoliyati, o‘quv jarayoni delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar universitet hududidagi Yunusxon, Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildi.

Professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan o‘tkazilgan davra suhbatida oliy o‘quv yurtida yoshlarning dunyoviy va diniy bilimlarni puxta egallashi, ilmiy tadqiqot olib borishi uchun yaratilgan sharoitlar, diniy bag‘rikenglik masalasini ta’minlash borasida universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Q.Quronboyev bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, ularni umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Ushbu tashkilotga asos solingan 30-iyun sanasi mamlakatimizda Yoshlar kuni, deb e’lon qilindi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida davlat va jamiyat hayotida yoshlar faolligi oshirilmoqda.

Yoshlarga oid davlat siyosati uyushmagan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bilan bog‘liq ishlarda ham yaqqol ifodasini topmoqda.

Tadbirda mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm g‘oyalaridan asrash, zararli oqimlarga kirib qolganlarni jamiyatga qaytarish yo‘lida faol ish olib borilayotgani ta’kidlandi.

Ahmad Shahid O‘zbekistonda yoshlar uchun din va e’tiqod erkinligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatimizning bu boradagi boy tajribasiga yuqori baho berdi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining asosiy maqsad va vazifalari xususida atroflicha ma’lumot oldi.

Delegatsiya a’zolari shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Xotin-qizlar qo‘mitasida ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston yoshlari diniy bag‘rikenglik muhitida tarbiyalanmoqda